Padarkush


Saqlash
15:10 / 03.10.2023 0 1658

Padarkush – oʻz otasini oʻldirgan qotilga nisbatan qoʻllanadigan tushuncha. Padarkush “ongsiz”, “kaltabin”, “manqurt” soʻzlariga sinonim hisoblanadi. Negaki, padarkush oʻz qilmishini ongsizlik, kaltabinlik, manqurtlik asosida bajaradi. Tarixdan buyuk alloma Mirzo Ulugʻbekning oʻgʻli Abdulatifning otasiga nisbatan padarkushlik qilgani maʼlum. Bunday jirkanch ishga qoʻl urgan kimsalar abadul-abad tavqi laʼnatga duchor boʻlgan. Jamiyat taraqqiyotining maʼlum bir davrida unda kuchli ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar boʻlishi tabiiy. Bunday sharoitda muayyan gʻoyaga kuchli ehtiyoj seziladi. Xususan, XX asr boshlarida oʻzbek xalqining maʼrifatga boʻlgan intilishi kuchayib, bu hol ayniqsa, maʼrifatparvar-jadidlarning saʼy-harakatlarida yaqqol namoyon boʻldi. Maʼrifati yuksak odamning maʼnaviyati ham yuksak boʻladi, degan gap oʻsha paytlarda oʻzini oqladi. Maʼrifatsiz odam maʼnaviy jihatdan qashshoq boʻlib, hatto oʻz otasini oʻldirish darajasigacha borishini maʼrifatparvar adib Mahmudxoʻja Behbudiy “Padarkush” dramasida haqqoniy tasvirlab berdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 886
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232590
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112446
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64901
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36495
“Avesto”

//