Ostona


Saqlash
17:09 / 27.09.2023 0 994

Ostona – uyga, hovliga kirish joyi, darvozaning tagiga oʻrnatilgan yogʻoch; muayyan chegara, belgilangan maskanni anglatuvchi tushuncha. Xalqimizda uy ostonasi, hovli ostonasi, eshik ostonasi, darvoza ostonasi, qoʻshnining ostonasi kabi iboralar ishlatiladi. Baʼzan ostona soʻzi oʻrnida yashash majmuasi nazarda tutiladi. Sovchilikka borgan kishi “Ostonangizga bosh urib keldik”, “Ostonangizni yoʻqlab keldik”, “Ostonangizga qullik uchun keldik”, “Ostonangizni supurish uchun keldik” kabi iboralarni qoʻllaydi. Bularning barchasi ostona uy, xonadon maʼnosida qoʻllangan. Ostona – odamning shakl-shamoyili, boʻy-basti, koʻrinishi, jussasi, yurish-turishi, ovozi, tarovati, xullas, ichki va tashqi dunyosi, u tavallud topgan, unib-oʻsgan va kamolotga yetgan joyga monand boʻladi. Maʼlumki, yetti iqlim kishilari yetti xildir. Olis shimoliy oʻlkalarning aholisi sayyoramizning belbogʻi boʻlmish Yer ekvatori mintaqalarida yashovchilardan farqlanadi. Demak, odam oʻz Vatanining bir zarrasi. Har bir xalqning ostonasi oʻziga xos va har bir xalq oʻz ostonasini oʻzicha qadrlaydi. Bu bilan mazkur soʻzning milliylik xususiyati namoyon boʻlsa, har bir xalqning ostonasi boʻlishi uning umummilliy xususiyatini koʻrsatadi. Shahar, qishloq yoki mamlakat miqyosida ostona ana shu ijtimoiy birliklarning poyi, boʻsagʻasi, kirish joyini anglatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 886
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232590
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112446
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64901
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36495
“Avesto”

//