Oqpadar


Saqlash
16:09 / 27.09.2023 0 1409

Oqpadar – juda katta gunohi, nojoʻya xatti-harakati uchun ota-ona tomonidan oq qilingan, laʼnatlangan, ota-onadan yuz oʻgirgan farzandga nisbatan qoʻllanadigan tushuncha. Oqpadar salbiy maʼno kasb etib, maʼlum gunohlari tufayli oiladan ajratib yuborilgan shaxsni anglatadi. Oqpadarlik – farzand uchun fojia. Ota-onaning qargʻishiga uchragan oqpadar farzand Vataniga ham vafo qilmaydi. Baʼzan farzandga oqpadar tamgʻasi tushishiga oilaviy tarbiya ham sabab boʻladi. Oilada erning xotini, xotinning eri oldidagi, ular ikkovining farzandlari, farzandlarning ota-onalari oldidagi masʼuliyati va burchining toʻgʻri bajarilmasligi ana shunday salbiy holatlarga olib keladi. Oilaviy, maʼnaviy munosabatlarda er-xotin, ota-ona va farzand oʻrtasidagi mehr-muhabbat, mehr-shafqat, mehr-oqibat kabi insoniy tuygʻularning oʻrni va ahamiyati beqiyos. Oila aʼzolari bir-birlari bilan umumiy turmush, oʻzaro iqtisodiy, mulkiy, huquqiy, axloqiy, ruhiy aloqalar bilan bogʻlanadi. Oilaning birinchi vazifasi oʻz nasl-nasabini davom ettirish, jismonan va maʼnan barkamol farzandlarni tarbiyalash, oilaviy muhitni qaror topdirish, halol mehnat qilib, jamiyatga foyda keltirishdan iborat. Mazkur tizimning biror murvatiga putur yetganda, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi ijtimoiy munosabat buziladi va farzandning oqpadar boʻlishiga asos paydo boʻladi. Xalqimizda oqpadarlar qadimdan qoralab kelingan. Negaki, oʻzbek xalqiga xos muhim fazilatlardan biri – ota-ona va kattalarni hurmat qilish, eʼzozlash. Ushbu tushuncha maʼnaviyatga bevosita aloqador boʻlib, u yoshlarni ota-ona, kattalar va Vatanga nisbatan hurmat-ehtiromda boʻlib, bunday tamgʻadan xoli boʻlishga undaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67648
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//