Ochiqqoʻllik


Saqlash
16:09 / 27.09.2023 0 895

Ochiqqoʻllik – inson maʼnaviy qiyofasiga xos xususiyat, saxiylik, qoʻli ochiqlik, hotamtoylik maʼnolarini anglatadigan tushuncha. Ochiqqoʻllik har kimga ham nasib qilaveradigan xususiyat emas. Bunday xususiyat ayrim odamlardagina uchraydi, shuningdek u boylarga ham, kambagʻal odamlarga ham xos boʻlishi mumkin. Ochiqqoʻllik xususiyatiga ega boy-badavlat kishilar kam taʼminlangan, koʻp bolali, iqtisodiy jihatdan qiynalib qolgan oilalarga savob uchun doimiy ravishda yordam koʻrsatib keladi. Baʼzan oʻrtahol kishilarda ham ochiqqoʻllik xususiyati boʻladi. Bu ularga ajdodlaridan oʻtgan boʻlishi mumkin. Koʻrinadiki, ochiqqoʻllik soʻzi maʼnaviyatga bevosita tegishli, negaki, maʼnaviy yetuk kishigina ochiqqoʻllik boʻlishi mumkin. Oʻzbek xalqiga ochiqqoʻllik xususiyati azaldan xos, uning bu xususiyati, ayniqsa, II Jahon urushi davridagi ogʻir damlarda sinalgan va boshqa xalqlar tomonidan tan olingan. Shuning uchun ochiqqoʻllik xalqimiz maʼnaviyatidan chuqur oʻrin olgan, milliy mentalitetimizga xos xususiyat sifatida qadrlanadi. Oʻzbek xalqining ochiqqoʻllik xususiyati yozuvchi Rahmat Fayziyning “Hazrati inson” romani va shu roman asosida ishlangan “Sen yetim emassan” filmida yorqin ifoda etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67648
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//