Oriyat


Saqlash
17:09 / 26.09.2023 0 931

Oriyat – inson maʼnaviy qiyofasiga xos izzat-nafs, qadr tuygʻularini ifodalovchi tushuncha. Oriyat insoniy xususiyat boʻlib, oriyatli inson oʻzi va oilasi, millati va Vatanining izzat-nafsini, qadrini yuksak tutadi. U oʻzini ham, oʻzgalarni ham qadrlay biladi. Oriyat insonning xatti-harakati, oʻzini tutishi va muomalasida ifodalanadi. Inson oriyati oilasi va butun millatning oriyatini ifoda etadi. Oʻzgalar qadr-qimmati, shaʼnini oʻz qadr-qimmati, shaʼni darajasida koʻradigan oriyatli inson yuqori obroʻga ega boʻladi. U hamisha adolat uchun kurashadi, bunda uning eng asosiy koʻmakchisi pok vijdonidir. Oriyat shaxsni – shaxs, millatni – millat, davlatni – davlat sifatida saqlab qolishga xizmat qiladi. Oriyat insonni notoʻgʻri, nojoʻya xatti-harakatlardan asraydi. Chunki bunga uning vijdoni, oriyati yoʻl qoʻymaydi. Oriyatli inson muvaffaqiyatsizlikka uchrasa ham, hech qachon tushkunlikka tushmaydi, maqsadiga erishish uchun barcha qiyinchiliklarni yengib oʻtishga intiladi. Chunki unda oriyat, vijdon ustun turadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 334
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 572
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 506
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 847
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 547
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233834
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113248
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67514
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56334
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50765
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39391
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39133
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38515
“Avesto”

//