Ongsizlik


Saqlash
17:09 / 26.09.2023 0 5541

Ongsizlik – ongning irsiyat nuqtai nazaridan talqini; onglilik xususiyatining ziddi. Maʼlumki, inson ongining yuksak shakllari uzoq ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning keyingi davrida vujudga kelgan. Shu bois ongning paydo boʻlishi toʻgʻrisida mulohaza yuritganda ijtimoiy borliq, ijtimoiy taraqqiyot, ularga nisbatan munosabat asosiy uslubiy mezon vazifasini bajarib kelgan va hozir ham shunday. Psixologik talqinga koʻra, ongsizlik:

1) voqelikdagi hodisalar bilan shartlangan ruhiy jarayonlar, aktlar va holatlar majmuasi;

2) tashqi va ichki taʼsirlarga nisbatan subyektning oʻziga hech qanday hisobot bermasligi;

3) psixik aks ettirishning shakli, yaʼni voqelikning obrazi, tasviri, timsoli va unga nisbatan subyektning munosabati, mushohadaning maxsus predmeti sifatida vujudga kelmasligi;

4) qismlarga ajralmaydigan yaxlit tuzilishga ega ekani va hokazo.

 

Ongsizlikning onglilikdan farqi shuki, u aks ettiradigan voqelik subyektning kechinmalari, uning borliqqa munosabati bilan uygʻunlashib ketadi. Shuning uchun ongsizlikda subyekt tomonidan amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar natijasini ixtiyoriy ravishda nazorat qilish va baholash imkoniyati mavjud emas. Ongsizlik voqelik subyekt tomonidan oʻxshashlik, ayniyat singari mantiqiy shakllarga asoslanib aks ettiriladi. Bu holda bevosita emotsional his qilish, emotsional yuqish va identifikatsiyalashga daxldorlik tuygʻusi orqali turlicha hodisalar oʻzining tuzilishi, mohiyati jihatidan oʻziga xoslikdan qatʼi nazar, bir tizimga birlashtiriladi, psixologik obyektlar oʻrtasidagi muayyan xususiyatlar oʻrtasidagi tafovutlar, mantiqiy qarama-qarshiliklar yaqqol namoyon boʻladi. Ongsizlikda oʻtmish bilan kelajak koʻpincha bir davrda hukm surayotgandek, goʻyoki ular biron-bir psixik aktga bevosita birlashgan tarzda aks ettiriladi. Ongsizlik borliqni inson tomonidan bilishning ilk shakllarida, ibtidoiy tafakkurda, intuitsiyada, affektiv holatlarda, sarosimaga tushishda, gipnoz holatida, tush koʻrishda, odatiy harakatlarda, shuningdek, intilishlar, hissiyot, xulq-atvorda oʻz ifodasini topadi. Buning sabablari va oqibatlari shaxs tomonidan anglanmaydi. Z.Freyd ongsizlik deb, ijtimoiy meʼyorlar talabi bilan nizoli holat, qarama-qarshilik tufayli ongga kira olmagan, amalga oshmay qolgan mayllar qisilish mexanizmi yordami bilan begonalashib, individ yanglish aytgan soʻzida, tush koʻrishida va boshqada aks etishini tushunadi. Freydning psixoanalizida va uning izdoshlari qarashlarida ongsizlikning yuzaga kelishi tor, cheklangan maʼnoda tushuniladi va uning oʻzgaruvchan xossalarining shakllanishi bir yoqlama tahlil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 192
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 141
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 117
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 567
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225824
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108300
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55960
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41323
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40651
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31926
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31007
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30678
Alpomish

//