Onalik baxti


Saqlash
16:09 / 26.09.2023 0 1437

Onalik baxti – ayolning farzand koʻrish, uni tarbiyalash va kamolga yetkazish bilan bogʻliq quvonch hissi, tabiiy tuygʻu; har bir nozik xilqat vakilining bir umrlik orzusi. Onalik baxti oʻziga yarasha masʼuliyat hamdir. Chunki insoniyat tarixining hamma bosqichlarida onalar tabiiy tarbiyachi vazifasini bajarib kelgan. Ilk tarbiya, axloq meʼyorlari, milliy mentalitetimizga xos anʼana va qadriyatlar ona orqali farzandlarga singdirib boriladi. Onadagi kamtarlik, andisha, hayo-ibo, tartib-intizom, sabr-qanoat kabi axloqiy fazilatlar nasldan-naslga oʻtadi. Bu Sharq xotin-qizlariga xos yuksak axloqiy fazilatlarda yaqqol namoyon boʻladi. Serfarzand millat ayoli oʻzining koʻp sonli bolalarini oilasidagi katta yoshli kishilar koʻmagida tarbiyalaydi. Tajribadan maʼlumki, otalar tarbiya jarayonida bevosita ishtirok etmaydi. Lekin ayolla rimizning oqilaligi va uddabu ronligi sababli otalar koʻpincha tarbiya jarayonining markazida boʻladi. Chunonchi, xonadonlarimizda bolaning har bir xatti-harakati mumkin yoki mumkin emasligi bilan emas, balki shu ish otasiga yoqish yoki yoqmasligi bilan oʻlchanadi. Shuning uchun ham yomon ish qilgan bolani onalar deyarli jazolamaydi. Ular bunday chogʻda: “Otang ishdan kelsin, aytib beraman”, degan poʻpisa bilan bolalarga taʼsir oʻtkazadi. “Otang bilib qolmasin”, “Otang bilib qolsa, uyalib qolasan”, “Unday qilma, dadang xafa boʻladi” kabi ogohlantiruvchi tanbehlar ayollarimizning tarbiya jarayonida kunda takror ishlatadigan iboralaridir.

 

Ona sogʻlom va baquvvat farzandlar dunyoga keltirishi bilan birga, ularni ota koʻmagida odob-axloqli, yuksak maʼnaviyat sohibi etib tarbiyalashga ham masʼuldir. Demak onalik baxtiga muyassar boʻlgan ayolning masʼuliyati ham Vatani, ham oilasi oldida benihoya kattadir. Ana shu vazifani bekamu koʻst bajarishi uchun u ham jismonan, ham maʼnan barkamol boʻlishi kerak. Zero, ona qanday xislat va fazilatlarga ega boʻlsa, farzand ham shunday ruhda tarbiya topadi. Shu maʼnoda, har qanday davlat va jamiyatning bugungi kuni ham, kelajagi ham aynan onaga boʻlgan munosabat bilan oʻlchanadi. Islom dini har bir ayol zimmasiga turmush oʻrtogʻi, ota-onasi, jamiyatga nisbatan burchlar yuklagan. Alloh imonda, solihlik va taqvoda oliy darajadagi ayollarni insoniyatga oʻrnak qilib qoʻydi. Paygʻambarimizning (s.a.v.) zavjai muttoharalari Oysha (r.a.) hamda qizlari Fotima (r.a.), Iso (a.s.) onalari Bibi Maryam shular jumlasidandir. Islom ayolni behurmat qilish, obroʻyini toʻkish, uni fisq uchun yoʻldan urish kabi salbiy holatlarni hamisha qoralab keladi. Onalik baxtiga muyassar boʻlgan xotin-qizlar yanada koʻproq oʻqib-oʻrganishlari, butun mehri, qalb qoʻrini farzand tarbiyasiga qaratishlari darkor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67648
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//