Ommaviy jamiyat


Saqlash
15:09 / 26.09.2023 0 812

Ommaviy jamiyat – hozirgi zamon jamiyatining oʻziga xos qator tomonlarini ifodalovchi tushuncha. Jamiyat barcha sohalarining keng ommaviylashuv jarayoni tubdan yangi mehnat quroli – mashinalarning paydo boʻlishidan boshlangan edi. Ommaviylashuv iqtisodiyot sohasida boshlanib, asta-sekin jamiyatning boshqa sohalarini ham qamrab oldi. Ommaviy jamiyat nazariyasi ildizlari oʻrta asrlardagi anʼanaviy ijtimoiy munosabatlarga zid ravishda shakllangan yangi munosabatlarga qarshi konservativ gʻoyalar bilan bogʻliq (E.Berk, J.De Mestr, A.Bonald). Yangi tartiblarning muqarrarligini anglagan fransuz mutafakkiri A.Tokvil (1805–1859) yangi jamiyatni undagi erkinlik va tenglik munosabatlari nuqtai nazaridan tavsiflaydi. U “Demokratiya – Amerikada” asarida: “Mening diqqatimni jalb qilgan yangiliklar ichida hech qaysisi sharoitlarning umumiy tengligi kabi hayratlantirgan emas”, deb yozadi. U demokratiyani goh jamiyat barcha tomonlarini tenglashtirishga intilish, goh “xalq”, goh bevosita boshqarish shakli sifatida talqin qildi, tenglikni amalga oshirish uchun markazlashtirish va byurokratlashtirish ijtimoiy hayotning barcha sohalari ustidan burjua nazoratini oʻrnatishga olib kelishini koʻrsatdi.

 

II Jahon urushidan soʻng ommaviy jamiyat konsepsiyalarining asosiy yoʻnalishi avtoritar tendensiyalarni tanqid qilishga qaratildi. Ommaviy jamiyatni yangicha talqin qilish hozirgi zamon jamiyatidagi muhim jarayonlarni toʻgʻri tushunish imkonini beradi. Ommaviylashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalarida katta imkoniyatlar ochib berishi bilan bir qatorda maʼnaviyat sohasida muayyan muammolarni keltirib chiqargani tufayli ommaviy jamiyat konsepsiyalari ham koʻpdir. Jamiyat hayotining turli sohalarida kechayotgan ommaviylashuv jarayonlari mazmun-mohiyati, miqyosi va namoyon boʻlish shakliga koʻra, bir-biridan farq qiladi. Nomoddiy ishlab chiqarishning turli koʻrinishlarida maʼlum darajada ommaviy faoliyatning texnologik, tashkiliy va boshqa tarkibiy qismini yaratadi. Masalan, hozirgi zamon fani minglab odamlarni birlashtirgan yirik tashkilotlarni qamrab oladi. Bu haqiqatan ham axborotni (bilimni) ommaviy, industrial shaklda ishlab chiqarishdir. Isteʼmol, insoniy munosabatlar, maishiy sohalarda esa ommaviylashuv kishilar faoliyatini qatʼiy rasmiy tashkil etishni talab qilmaydi. Lekin bunda ham oʻziga xos koʻrinishda ommaviy faoliyat mavjuddir: ishtirok etadigan individlarning koʻpligi, ular faoliyatining oʻxshashligi, faoliyatni tanlash imkoniyati nuqtai nazaridan erkinligi va boshqa ommaviylashuv jarayonining har jihatdan chuqurlashib borishi jamiyat taraqqiyotida qonuniy, zaruriy hodisa boʻlib, kelgusi jamiyat va inson qiyofasini belgilashda turli imkoniyatlar yaratadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 325
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 563
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229563
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110668
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61148
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50026
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45386
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37621
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35761
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32755
Kompetentlik

//