Olam


Saqlash
17:09 / 25.09.2023 0 2249

Olam – insonni oʻrab turgan dunyo haqidagi keng qamrovli tushuncha, maʼlum maʼnoda voqelikning ifodasi. Masalan, “elementar zarrachalar olami” tushunchasi odamga maʼlum boʻlgan va hali maʼlum boʻlmagan barcha elementar zarrachalarni qamrab oladi. Agar biz yashayotgan butun koinotni elementar zarrachalardan tashkil topgan deb hisoblasak, bu tushuncha butun koinotni ham aks ettirishi mumkin. Masalan, oʻsimliklar olamiga faqatgina oʻsimliklar kiradi, boshqa tirik mavjudotlar: hayvonlar va odamlar bu olamdan chetda qoladi. Shu nuqtai nazardan olam tushunchasi nisbiydir. Baʼzida olam deganda barcha narsalar, jismlar, voqea-hodisalarni qamrab oluvchi umumiy tizim tushuniladi. Bu maʼnoda olam kosmologik olam tushunchasiga mos keladi. Ayrimlar uni cheksiz va chegarasiz, boshqalar esa koinot maʼnosidagi olamni cheklangan obyekt sifatida talqin etadi. “Cheksizlik” va “chegarasizlik” tushunchalari nisbiy maʼnoga ega, bir tizimda cheksiz hisoblangan obyekt boshqa tizimda cheklangan boʻlishi mumkin va aksincha. Olamning namoyon boʻlish shakllari xilma-xil. Faqat moddiy jismlarni oʻziga qamrab olgan olam moddiy olam deyiladi. Ayrimlar uni jismoniy, yaʼni fizik olam deb ataydi. Odamning maʼnaviy, ruhiy dunyosini qamrab oluvchi dunyo maʼnaviy olam deb yuritiladi. Olamning mavjudligi shubhasiz boʻlgan va barcha eʼtirof etadigan qismi real olamdir.

 

Kelajakda mavjud boʻlishi ehtimoli boʻlgan olam virtual olam (lotincha virtualis – ehtimoldagi), aniq maʼlumotga ega boʻlgan olam konkret olam, xayoldagi, tasavvurdagi, idealdagi olam abstrakt olam deyiladi. Odamning kundalik hayotidagi hammaga maʼlum, tan olingan hayoti real olamga mansub boʻlsa, uning xayoliy rejalari virtual olamga, uning oʻzi va atrofidagilar konkret olamga, kelajakka yoʻnalgan orzu-umidlari esa abstrakt olamga mansubdir. Odam oʻz rejalarini real olamga asoslanib tuzsa, potensial olamining konkret reallikka aylanish ehtimolligi oshadi. Odam olamda boshqalardan ajralib, yakka boʻlib emas, balki ijtimoiy hayot kechiradi va jamoa boʻlib yashaydi. Odamlar jamoasi jamiyatni, ularning oʻzaro munosabati, faoliyati, oʻy-xayollari, ideallari, maqsad va maslaklari bilan birgalikda ijtimoiy olamni tashkil etadi. Odamning jamiyatdagi boshqa odamlar bilan birgalikda ijtimoiy faoliyat olib borishi ularning har biriga xos boʻlgan takrorlanmas individual olamlariga bogʻliq. Individual olam, ayni paytda, tashqi olamni ham, ijtimoiy olamni ham oʻzida aks ettiradi, ifodalaydi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 192
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 141
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 117
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 567
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225824
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108300
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55960
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41323
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40651
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31926
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31007
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30678
Alpomish

//