Okkultizm


Saqlash
17:09 / 22.09.2023 0 990

Okkultizm (lotincha oscultus sirli, yashirin, botiniy) maxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar natijasida ayrim insonlargina bila oladigan koinotdagi sirli kuchlar mavjudligini eʼtirof etadigan taʼlimot. Okkultizm gilozoizm va panteizmga yaqin turadi. okkultizmning mustaqil soha sifatida ajralib chiqishi soʻnggi antik davrdagi ellinlar dini – sinkretizm bilan bogʻliq. I–IV asrlarda Aleksandriyada okkultizmning afsonaviy asoschisi Regmas Trismegista nomi bilan bogʻliq adabiyotlar toʻplami vujudga keladi. Shu davrda germetik fanlar hisoblanmish alximiya, astrologiya paydo boʻladi. Okkultizmda insonning irodaviy xatti-harakatlariga olamga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir eta olishi mumkin boʻlgan oʻziga xos tabiat kuchlari sifatida qaraladi. Xristianlikning hukmron dinga aylanishi bilan okkultizm taʼqib ostiga olingan va yashirin faoliyatga oʻtgan. Yevropadagi Uygʻonish davrida okkultizm dunyoning oʻrta asrlar manzarasining yemirilishiga, sxolastikaning zaiflashuvi va tabiatshunoslikning rivojiga taʼsir koʻrsatdi. XVII asrlarda tabiiy fanlarning rivoji esa okkultizmga boʻlgan ishonchni maʼlum maʼnoda yoʻqqa chiqardi. Dunyoviy okkultizm jamiyatlari shakllana boshladi. Masalan, T.Kompanellaning “Quyosh shahri”, F.Bekonning “Yangi Atlantida” kabi asarlarida sotsial utopiya okkultizm anʼanalari bilan bogʻliq. XIX asr oxirlaridan turli davrlar va xalqlar okkultiv va diniy-falsafiy taʼlimotlarni birlashtirish asosida yangi “universal” dinni yaratishga urinishlar boʻlgan. Hozirda ham okkultizm zamonaviy munajjimlar, folbinlar va hokazo faoliyatida namoyon boʻladi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67648
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//