Oilaviy nizo


Saqlash
17:09 / 22.09.2023 0 922

Oilaviy nizo – oila hayotida namoyon boʻladigan psixologik va ijtimoiy keskin vaziyat. Turli oilaviy guruhlar (birinchi navbatda er-xotin, ota-ona va bolalar, er-xotin va ularning ota-onalari, baʼzi hollarda qarindoshlar) oʻrtasida yuzaga keladi. Oila turli yosh va jinsdagi kishilardan tarkib topgani sababli ular oʻrtasida nizo chiqishi ehtimoli mavjud boʻladi. Bunday nizo va ziddiyatlar oʻzaro munosabatlarda bir-birini tushunmaslik yoki tushunishga harakat qilmaslik tufayli yuzaga chiqishi mumkin. Bolalar va ota-onalar oʻrtasidagi nizo farzandlarning kattalar taʼsiridan qutulishga intilishi yoki oʻzini yolgʻiz his etishi va boshqa sabablar taʼsirida paydo boʻladi. Oilaviy nizo keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik, ularning bir-birini tushunish, murosayu madora vositasida oqilona hal etishga intilish oila mustahkamligi va barqarorligini taʼminlashning asosiy shartidir. Shaharlarda oʻta keskin oilaviy nizo mahallalar qoshida tuzilgan yarashtiruv komissiyalari, huquqshunos va ruhshunoslar maslahatiga tayangan holda hal etish urf boʻlmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 321
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 729
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 962
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231729
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111980
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64131
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53797
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48738
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38714
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37352
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 35372
“Avesto”

//