Odob


Saqlash
16:09 / 19.09.2023 1 8342

Odob (arabcha “adab” soʻzining koʻpligi) – jamiyatda eʼtirof etilgan xulq meʼyori. U shaxs maʼnaviy hayotining tashqi jihatini ifodalab, oʻzaro munosabatda, oila, mehnat jamoasida namoyon boʻladi. Odob asosini axloqiy tamoyillar, meʼyorlar, tarbiyalanganlik darajasi va estetik ideal talablari tashkil etadi. Odob kishining jamoada oʻzini tutishi, odamlar bilan muomala qilishi, turmush tarzi, boʻsh vaqtini tashkil etishi, ichki va tashqi olami qanday boʻlishi lozimligiga oid qoidalarni (masalan, or-nomus, sharm-hayo, iffat, kamtarlik, xushmuomalalik,) oʻz ichiga oladi. Insonning diniy eʼtiqodi uning odobli boʻlib kamol topishida muhim oʻrin tutadi. Odob, birinchi navbatda, oila muhitida, qolaversa, taʼlim-tarbiya, ijtimoiy foydali mehnat, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi. Odob – insonni maʼnaviy kamolotga yetkazuvchi jarayon, u bolalikdan shakllanadi. Yoshi ulgʻaygan sayin insonning odob darajasi kengayib boradi. U kishi faoliyatini, maʼnaviy yetukligi, maʼnaviyatini belgilaydigan mezon. Odob “tarbiyali” maʼnosini ham anglatadi. U taʼlim-tarbiya mahsuli, aql suyanchigʻi, barcha fazilatlar ibtidosi hisoblanadi. Dono xalqimizda “Adab bozorda sotilmas”, “Odob aqlli kishi uchun ulugʻlik va fazilatdir”, “Odobi yoʻqning aqli yoʻq”, “Odobsiz aql, aqlsiz odob yoʻq”, “Odobning millati yoʻq”, “Odobliga imon hamroh” kabi naqllarning keng tarqalishi bejiz emas. Shunday ekan, aql va odob bir-biriga bogʻliq, mushtarak tushunchalardir. Insonda har ikkovi mavjud boʻlsagina, u kamol topadi. “Hikmatnoma”da “Adab ikki xildir: hikmat adabi va xizmat adabi. Hikmat adabi poklik va toʻgʻri yoʻlga yetaklaydi, xizmat adabi esa badavlatlik va obroʻga yetkazadi”, deyiladi. Endilikda ota-bobolarimizning odob-axloq haqidagi oʻgitlari, naql va rivoyatlari yoshlar qalbiga maʼnaviy qadriyatlarni singdirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, odoblilik va axloqiylik, ezgulik, insoniylik kabi maʼnaviy qadriyatlar shaxs kamolotida dasturulamal vazifasini oʻtaydi. Ota-onaning yaxshi odobi farzandlarga ijobiy taʼsir qiladi. Ularda vatanparvarlik, fidokorlik, sadoqat, mardlik, jasurlik, chidamlilik, vazminlik, qadr-qimmat, tashabbuskorlik kabi xislatlarni shakllantiradi. Odobli boʻlish el oʻrtasida odob saqlash, nasihatlarga amal qilish, insof, imonli boʻlishning asosiy omilidir. Odob ilm egallash, badiiy, axloqiy, sheʼriy asarlarni mutolaa qilish asosida shakllanadi. Odobli kishi yaxshi amallarni odat qiladi, qoʻni-qoʻshni, doʻst-birodarlar, ota-onalar hurmatini joyiga qoʻyadi, sof vijdonli boʻladi. Demak, tilini odob bilan qurollantirgan, qoʻlini toʻgʻrilikka odatlantirgan kishigina kamolotga yetishi mumkin.

1 Izoh

Shahrizoda

22:01 / 25.01.2024

Рахмат вобьше зор матн чикибди😘😘😘😘😘Сила туфайли ман зоп бахо олдим😉😉😉Хаммелага рахмммаааатттт.Ман силани севаман😗😗😗😗

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67648
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//