Oddiylik


Saqlash
15:09 / 19.09.2023 0 1474

Oddiylik (arabcha odatdagidek, odatga aylanganlik; kundalik, meʼyoriylik; soddalik) – 1) odatiylik, har kuni roʻy beradigan, oʻrganish boʻlib qolganlik; 2) osonlik, uncha murakkab boʻlmaganlik; joʻnlik; 3) koʻp qatoridan, bosh qalardan alohida ajralib turmaslik; 4) kamtarlik, kamsuqumlik belgisi.

 

Xalqimiz oddiylikni hamisha qadrlab kelgan. U jamiyatning barcha tabaqa vakillariga xos xususiyat. Kishining oddiyligiga qarab, unga baho berilgan. Baʼzan oddiylikni toʻporilik bilan aralashtirib yuborish hollari uchraydi. Toʻporilik ham oddiylik kabi baʼzan ijobiy xususiyat kasb etadi, lekin u ayrim hollarda goʻllik deb ham tushuniladi. Oddiylik kishining eng yaxshi xususiyati sifatida ulugʻlanadi. Baʼzan oddiylik “hamiyat” tushunchasi bilan mushtarak ibora sifatida talqin etiladi. Oddiy odamda hamiyat butun boʻlishi tabiiy. Hamiyat – oʻzining va oʻziga qarashli kishilarning or-nomusini boshqalarning tajovuzidan himoya qilishga boʻlgan intilish, or-nomusni pok saqlash tuygʻusi. Bunday intilish va tuygʻuga ega boʻlgan kishi hamiyatli, oddiy odam deyiladi. Ular nopoklikka befarq qarab turolmaydi. Ajdodlarimiz ham oddiylikni yuksak xususiyat sifatida ulugʻlashganlar. Ular boshqalardan ajralib turmaslik maqsadida oddiy turmush tarzini tanlashgan. Ayniqsa, sufiylar va sufiy shoirlar oddiylikni maʼqul koʻrishgan. Shuning uchun xalqimiz orasida “Buyuklik – oddiylikdadir” degan hikmatli soʻz paydo boʻlgani bejiz emas. Oddiylik kamtarlik iborasi bilan ham oʻzaro mushtarak. Kamtar odam oʻzining oddiy yurish-turishi, muomalasi, kiyinishi, oʻzini tutishi bilan birga, boshqalarni ham oddiylikka chorlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 192
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 141
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 117
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 567
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225824
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108300
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55960
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41323
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40651
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31926
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31007
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30678
Alpomish

//