Odat


Saqlash
15:09 / 19.09.2023 0 965

Odat – maʼnaviy hayot hodisasi, insonga xos xususiyat, kishilar faoliyati va xulq-atvorini ijtimoiy tartibga solishning tarixan qaror topgan shakli. Koʻpincha jamiyatdagi ijtimoiy hayotda oʻxshash vaziyatlarning takrorlanishi odatlar shakli, xulq-atvor stereotiplarining (bir qolipdagi meʼyorlar) yuzaga chiqishiga olib keladi. Bular odat tarzida keyingi avlodga meros boʻlib oʻtadi. Jamiyatning sanoatlashuviga qadar odat individning ijtimoiylashuv vositasi boʻlgan. Odat texnologik, ijtimoiy va madaniy tajribaning avloddan-avlodga oʻtishida muhim ahamiyat kasb etadi. Odat ijtimoiy nazorat, guruhiy jipslikning muayyan shaklini mustahkamlaydi, diniy, etnik va umumiy barqarorlikni taʼminlaydi. Texnologik va ishlab chiqarish malakalari (tegishli yoʻriqnomada qayd etilmaganlari), ijtimoiy-siyosiy faoliyat shakllari, oila-nikoh, turmush tarzi, odamlarning oʻzaro munosabatlari, diniy udum, marosimlar ham odat hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishi jarayonida yangicha odatlar shakllanib, ayrim eski odatlarni chetga surishi yoki ularga zid tarzda mavjud boʻlishi mumkin. Hozirgi sharoitda odatning taʼsir doirasi toraygan, chunki ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish omillari sifatida ijtimoiy institutlar (davlat, huquq, fan, OAV, taʼlim va hokazo) asosiy oʻrin egallamoqda. Odat esa axloq, turmush, fuqaroviy udumlar, etnik madaniyat sohasida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Psixologiyada odat individ uchun oʻrganish boʻlib qolgan va muayyan vaziyatda bajarish ehtiyojiga aylangan xattiharakatdir. Odat stixiyali tarzda shakllanishi, muayyan tarbiya mahsuli, feʼl-atvorning barqaror xususiyatiga aylanishi mumkin. Odatning fiziologik asosi dinamik stereotip, yaʼni bosh miya katta yarim shari poʻstlogʻidagi asab tizimidir. Odat faoliyatning turli sohalarida (mehnat, oʻquv, sport va boshqa) vujudga kelib, inson xatti-harakatining barcha tomonlarini (axloq, bilish jarayoni, madaniy-maishiy turmush va boshqa)ni qamrab oladi. Odat foydali (masalan, ertalabki badan tarbiya) va zararli (masalan, chekish) boʻlishi mumkin. Foydali Odatlar shaxs ijobiy xislatlarining shakllanishiga xizmat qiladi. Masalan, mehnat qilish odati mehnatsevarlikni rivojlantiradi. Aksincha, zararli odatlar salbiy xususiyatlarni, masalan, vaqtni behuda oʻtkazish odati dangasalikni, ishni oxiriga yetkazmaslik odati irodasizlikni keltirib chiqaradi. Odat tusini olgan xatti-harakatlar kishiga mustahkam singib, tabiatining fazilati yoki illatiga aylanadi. Yoshlikdan ijobiy odatlarni tarkib toptirib, salbiy odatlarga qarshi kurashish taʼlim-tarbiyaning muhim vazifasidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67648
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//