Odamgarchilik


Saqlash
15:09 / 19.09.2023 0 1342

Odamgarchilik – yuksak maʼnaviy fazilatlardan biri boʻlib, begʻaraz yordam koʻrsatish, beminnat xizmat qilish, insoniy burchni ado etish bilan bogʻliq xususiyatni ifodalaydigan tushuncha. Shuningdek, odamgarchilik oʻzaro munosabatlarda mehr-oqibat, shafqat, insonparvarlik tamoyillarining namoyon boʻlishini anglatadigan axloqiy sifat hamdir. Odamgarchilik qadimiy maʼnaviy qadriyatlardan biri, u azaldan oʻzaro mehr-shafqat, begʻaraz yordam, xayriya ishlari, saxovat kabi tuygʻularda yorqin namoyon boʻlib kelgan. Biroq odamgarchilik jamiyat va davlat manfaatlariga zid, noqonuniy xatti-harakatlarga olib kelmasligi kerak. Odamgarchilik shaxslar xatti-harakatida, turmush tarzida, kundalik voqea-hodisalar asnosida koʻrinadigan fazilatlar – xayrixohlik, hurmat-ehtirom, hamdardlik, ishonch bildirish, olijanoblik va saxovat koʻrsatish, himmat, oʻzgalar uchun halovatdan kecha olish kabi xususiyatlarning mujassam holatda namoyon boʻlishidan tashkil topadi. Kishilarda odamgarchilik xususiyati asta-sekin, bosqichma-bosqich shakllanadi. Odamiylikni, odamgarchilikni har qanday shaxs, har bir odam oʻz xatti-harakati, qilayotgan ishi, bajarayotgan vazifasi orqali har kuni, har daqiqa namoyon etishi mumkin. Bunday ibratomuz xatti-harakatlar, ijtimoiy munosabatlar odamgarchilik deb atalmish ulugʻ tuygʻuga ulanadi va Vatan, el-yurt, xalq manfa ati, bashariyatning ezguligi yoʻlida qilinayotgan olijanob hamda beminnat xizmatlar qatoridan joy oladi. Shuning uchun hazrat Alisher Navoiy bobomiz: “Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yoʻq xalq gʻamidin gʻami”, deb odamgarchilik tuygʻusining qadr-qimmatini yuksak ehtiros bilan kuylagan. Odamgarchilik fazilati jaholat, bagʻritoshlik, shafqatsizlik, loqaydlik kabi illatlarga zid tushuncha sifatida talqin qilinadi. Insoniylik qiyofasini yoʻqotgan, nojoʻya yurish-turishi, axloqsizligi tufayli nazardan qolgan kimsalar shuning uchun “odamgarchilikdan chiqdi” deb baholanadi, uyatga qoladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67648
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//