Ogohlik


Saqlash
15:09 / 19.09.2023 0 6797

Ogohlik – inson va millat manfaatlarining asrab-avaylanishi, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy qoidalarga rioya qilinishi, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda hushyorlikni anglatadigan tushuncha. Jamiyatda mavjud ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning taʼminlanishi va asralishi bevosita inson ongi, tafakkuri bilan chambarchas bogʻliq. Har bir shaxs xalq, jamiyat, oʻz jamoasi, oilasi oldidagi burch va masʼuliyati hamda moddiy-maʼnaviy neʼmatlarga egalik huquqi mavjudligini anglab, idrok etishi unda ogohlik tuygʻusini shakllantiradi. Ogohlik jamiyat har bir aʼzosidan uning tinch va osoyishta hayotdan har tomonlama manfaatdorlik tuygʻusi shakllanishida namoyon boʻladi. Ushbu manfaatdorlikni anglagan inson jamiyatda sodir boʻlayotgan voqea va hodisalarga befarq qarab tura olmaydi, loqaydlik qanday oqibatlarga olib kelishini tushunadi. Ogohlik loqaydlikning aksidir. Mazkur tushunchalar mazmun-mohiyatiga koʻra, muhim ahamiyat kasb etadi. Ogohlik tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikni taʼminlashning sharti sifatida namoyon boʻlsa, loqaydlik esa jamiyat tanazzuliga zamin yaratadi. Keng qamrovli siyosiy-ijtimoiy islohotlarni boshdan kechirayotgan, siyosiy barqarorlikni taʼminlash yoʻlida faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda ogohlikka amal qilish gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki loqaydlik tufayli boy berilgan ogohlik davlat, jamiyat va millat uchun qimmatga tushishi mumkin. Ogohlik tuygʻusi milliy oʻzlikni chuqur anglash va uni eʼzozlashga intilishdir. Maʼlumki, har bir xalq, millat oʻziga xos ruhiy va maʼnaviy feʼl-atvorga ega. Shuning uchun ham turli mintaqalarda yashayotgan xalqlarning yashash tarzi, qadriyat va urf-odatlari oʻzaro farqlangan. Jumladan, oʻzbeklar, umuman, Sharq xalqlarida ogohlik ham or-nomus, sharm-hayo tushunchalari kabi hayotning barcha jabhalarida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Jamiyatdagi mavjud qonunlarga boʻysunib yashashni turmush tarziga aylantirgan, oʻz xatti-harakatini maʼlum qonun-qoidalarga tayangan holda amalga oshiradigan, yuksak aql-idrok, odob-axloq hamda ogohlikni hayotning har bir daqiqasida namoyon qiladigan xalq ravnaq topadi, jamiyat maʼnaviyati yuksaladi, fuqarolarning erkin va farovon hayoti taʼminlanadi. Shu maʼnoda, hozirgi tahlikali dunyoda “Ogoh boʻling, odamlar!” degan daʼvatlar kishilarni tevarak atrofga ochiq koʻz bilan qarashga, hamisha ogoh va hushyor boʻlib yashashga chorlaydi. Bugungi kunda ogohlik bebaho qadriyatlarimiz, mustaqilligimiz, tinchligimiz, ijtimoiy barqarorlik, tadrijiy taraqqiyot, jamiyatda millatlar va fuqarolar xavfsizligi uchun xizmat qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 198
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 243
Narxning navosi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1540
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224282
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107447
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 54161
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39116
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 38719
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 30533
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30201
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29555
Alpomish

//