Notiqlik


Saqlash
17:09 / 18.09.2023 0 1328

Notiqlik (arabcha “gapiruvchi”, “nutq qiluvchi”) — ritorikaning asosiy kategoriyasi hisoblanib, nutq soʻzlovchining oʻz fikrini loʻnda, chiroyli, aniq va jarangli ifodalash sanʼati. Uzoq davrlardan buyon kishilarning oʻzaro munosabatida, bir-birini tushunishida, fikr almashishida nutq, nutqiy munosabatlar hamisha muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Notiqlikning nodir namunalarini yaratishda yozuvchi, shoir, sanʼatkor va boshqa madaniy-maʼrifiy soha vakillarining xizmatlari katta. Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Shayxzoda kabi allomalarning ayrim nutqlari teran mazmuni, ijtimoiy salmogʻi, emotsional koʻtarinkiligi bilan maʼnaviyatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan. Notiqlik nafaqat chiroyli soʻzlarni qoʻllay olish, balki fikr orqali maqsadni anglatish, taʼsirli soʻz topish va uning ijtimoiy ahamiyatiga eʼtibor berishni ham oʻz ichiga oladi. Zero, soʻzlangan nutqning nechogʻlik ahamiyatga ega ekani notiqning saviyasi, iqtidori, salohiyati bilan belgilanadi. Ayrim nutqlar badiiy tafakkur rivojiga taʼsir koʻrsatibgina qolmay, balki ijtimoiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanishi ham mumkin. Bu baʼzan qisqagina bir nutq, minbardan aytilgan soʻz yurakdan otilib chiqsa, boshqa odamlar qalbida ham unutilmas iz qoldirishi mumkinligini isbotlaydi. Notiqlikning muqobili bu maʼviza, vaʼzxonlik, suxandonlik, soʻzga chechanlik va hokazodir. Nutqning mohiyati uning madaniyligi, ommaviyligi va ijtimoiy qimmati bilan belgilanadi. “Madaniy nutq”, “nutq madaniyati”, “Notiqlik” kabi ritorik tushunchalar nutq etikasidan kelib chiqadi. Nutqning xarakteri ana shularning mohiyatini bilish bilan izohlanadi. Notiqlikning lingvistik birlik sifatida oʻz xususiyatlari mavjud boʻlib, ularni insonlarning oʻzaro fikr almashishdagi nutqiy jarayon shakllari deyish mumkin. Mazkur shakllar toʻgʻri nutq, nutq madaniyati va notiqlikdan iborat.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 342
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 581
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 515
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 857
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 554
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233873
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113278
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67575
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56425
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50841
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39408
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39171
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38604
“Avesto”

//