O‘rta bo‘yli ikki kit, rassom nevarasi, kuy va qiynalgan ko‘z – san’at dunyosidan qiziqarli voqealar


Saqlash
20:09 / 15.09.2023 0 2458

Bir kuni Pikassoga maktub keltirgan pochtalon uyning old devoridagi freskalarga qarab “Demak, nevarangiz ham rassom ekanda” debdi.

 

* * *

Kunlarning birida bir odam Mikelanjeloning uyiga mehmonga keladi. Bu payt Mikelanjelo haykal ustidagi ishini yakunlash arafasida edi. Mehmon haykalni yaxshilab kuzatadi, so‘ngra uyiga ketadi.

 

O‘sha odam oradan ko‘p o‘tmay yana mehmonga keladi va Mikelanjelo undan haykalning yangi holati haqida fikrini so‘raydi. U hech qanday farq ko‘rmayotganini aytganida Mikelanjelo tushuntirish beradi: “Mana bu tomonini kesib, yupqaladim, bu yerini oqartirdim, lablarini yanada bo‘rttirdim”. Shunda mehmon javob qaytaradi: “Axir bularning bari mayda-chuyda narsalarku”.

 

O‘shanda Mikelanjeloning unga bergan javobi tasviriy sanʼat mazmunini ifodalovchi eng yaxshi aforizmlardan biri sifatida tarixda qoladi: “Mayda-chuyda narsalar ideallik belgisidir, ideallik esa hech qachon mayda-chuyda hisoblanmaydi”.

 

* * *

Bir yosh muallif taniqli yozuvchi Mark Tvenga xat yozib, undan baliq isteʼmol qilish aqlni mustahkamlaydimi yo yo‘q, deya so‘raydi.

 

Mark Tvenning javobi esa shunday bo‘ladi: “Ha, baliq tarkibidagi fosfor miya uchun juda foydali. Maktubingizni o‘qib shunday xulosaga keldimki, ikkita o‘rta bo‘yli kit isteʼmol qilsangiz, ahvolingiz o‘nglanishiga umid bor”.

 

* * *

Mashhur amerikalik aktyor Gari Kuper yo‘lda ketayotsa, bir ayol uni eriga ko‘rsatib “Bir qarang, mana bu odam Gari Kuperga juda o‘xshar ekan” deydi. Aktyor bu so‘zlarni eshitib mayin jilmayib qo‘yganida ayol eriga qarata “Bechoraning sevinishini qarang” deya so‘zini yakunlaydi.

 

* * *

Bir ayol mashhur haykaltarosh Rodendan “Bunday ajoyib haykallarni qanday yasaysiz?” deya so‘raydi.

 

Roden juda qisqa javob beradi: “Juda oson! Marmar toshni to‘g‘ri kelgan joyga qarab uloqtiraman, qarabsizki, o‘z-o‘zidan haykal paydo bo‘laveradi”.

 

* * *

Gustav Maler yaqinda bastalab tugatgan uchinchi simfoniyasiga yovvoyi gullar, o‘rmon hayvonlari, osmon va maftunkor tabiatni singdirib yuborgandi. Shu payti uning uyiga mashhur dirijyor Bruno Valter mehmonga keladi. Maler o‘zi yashayotgan Attersining muhtasham tabiatidan ko‘z uzolmay qolgan dirijyorga qarata shunday deydi: “Ko‘zlarni bekorga qiynamang, bu go‘zallik allaqachon notaga o‘tkazib bo‘lindi”.

 

* * *

G‘oyalari imkoniyatlaridan katta bo‘lgan havaskor musiqachi bir kuni mashhur bastakor Pablo Kassalsga yangi asarining notasini beradi va fikrini so‘raydi. Kassals daftarni varaqlayotib ovoz chiqarib ming‘irlarkan, oxiri qo‘lidagini egasiga qaytaradi va deydi: “Juda charchadim. Har sahifada eski do‘stlarga duch keldim, hammasi bilan hol-ahvol so‘rashdim”.

 

* * *

Musiqashunos Dauns virtuoz skripkachi Kreysler ijrosidagi asarlarni tahlil qilar ekan, ularning muallifligi konsertlarda eʼlon qilingan kompozitorlarga tegishli emasligini aniqlaydi.

 

U bu mavzudagi maqolasini “Nyu-York Tayms” gazetasida eʼlon qilgach katta shov-shuv ko‘tariladi. Maʼlum bo‘lishicha, Kreysler tomonidan boshqalar nomi bilan taqdim etilgan asarlar aslida uning o‘z kompozitsiyalari bo‘lgan. Musiqa jamoatchiligining fikriga ko‘ra skripkachi o‘z asarlarini ijro etishni xush ko‘rmagani tufayli shunday yo‘l tutgan. Bu voqeadan so‘ng Kreysler nomi taniqli bastakorlar qatorida tilga olina boshlaydi.

 

Tarjimon va to‘plovchi:

Rahmat BOBOJON

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 296
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 540
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 470
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 809
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 521
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233671
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113179
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67062
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56217
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50641
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39343
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39051
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38335
“Avesto”

//