Nodavlat va jamoat tashkilotlari


Saqlash
16:09 / 15.09.2023 0 973

Nodavlat va jamoat tashkilotlari – davlatga qarashli boʻlmagan, ammo maʼlum qonunlar yoki meʼyoriy hujjatlarga boʻysungan holda faoliyat koʻrsatadigan tuzilmalar. Ular quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1. Aholining ayrim yoki muayyan yirik toifalarining ijtimoiy manfaatlarini koʻzlab ishlashga ixtisoslashgan, hukumatga qarashli boʻlmagan umummilliy tashkilotlar. Bunday tashkilotlar jumlasiga “Mahalla”, “Nuroniy” jamgʻarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Nogironlar uyushmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kiradi. 2. Ixtisoslashgan milliy va xalqaro jamgʻarmalar. Ularga “Ekosan”, “Sogʻlom avlod uchun”, “Amir Temur”, “Matbuotni demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash”, “Orolni qutqarish” jamgʻarmalari, “Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyat va fan arboblari anjumani” kabi tashkilotlar kiradi. 3. Hukumatga qarashli boʻlmagan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar. Shaxs huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Inson huquqlari va gumanitar huquqni oʻrganish markazi, Huquqiy yordam koʻrsatish jamiyati kabilar ushbu guruhni tashkil etadi. 4. Ijodkor ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari, masalan, yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, arxitektorlar, kinematografchilar, shuningdek sudyalar va advokatlarning jamoat tashkilotlari. 5. Milliy madaniyat markazlari. Ular Oʻzbekistonda yashovchi milliy jamoalar vakillarining madaniyati, maʼnaviyati, urf-odatlarini saqlab qolish maqsadida tuzilgan tashkilotlar hisoblanadi. 6. Umummilliy jamiyatlar va jamgʻarmalar. Bolalar, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish, Talabalar jamgʻarmalari shular jumlasidandir. 7. Ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan va ijodiy qiziqishlar bilan bogʻliq, asosan, ekologiya masalalari boʻyicha mahalliy birlashmalar. Ularga sayyohlik va badiiy havaskorlik klublari, nogiron bolalar ota-onalarining birlashmalari kiradi. 8. Jamoat muassasalari. Bu guruhga “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Jurnalistlarni tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi kabi tashkilotlar, shuningdek Samarqanddagi mushkul vaziyatlarda ayollar va oʻsmirlarga ruhiy yordam koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi “Sabr” ishonch markazi kabi hukumatga qarashli boʻlmagan mahalliy ijtimoiy muassasalar kiradi. Qisman hukumatga qarashli holda (davlatning tashkiliy va moddiy-moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi yordamida) tuzilgan qator jamgʻarma, markaz va jamiyatlarning hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarga aylanishini tendensiya sifatida eʼtirof etish mumkin. Bu Oʻzbekistonda nodavlat va jamoat tashkilotlari harakatining shakllanishiga xos xususiyatdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67648
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//