Bir kuni...
Alixonto‘ra SOG‘UNIY
– “Vatanim meni suymas ekan, men uni sevganligimdan, ulusim meni tanimas ekan, men uni taniganligimdan, Vatan ustida bo‘layotgan tarixiy o‘zgarishlarni va ham buning kelajakdagi yaxshi-yomon natijalarini ko‘rsatib, Vatan bolalariga ulgu (namuna) bo‘lgudek, boshqalar bundan ibrat olgudek tarixiy bir asar yozishga kirishdim. Biroq, men yolg‘izgina islomparast emas edim, balki yaralishimdayoq insonparast edim. Xalqqa qaysi yo‘lliq yaxshilik qila olgayman deb, yoshlik-yigitlik davrlarimni g‘am-g‘ussa kunlari bilan o‘tkazdim.
– Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.
– Dunyoda kim yaxshilik ko‘rsa, o‘zining yaxshi mehnati sabablik Allohdin bo‘lur, agar yomonliq ko‘rar ekan, albatta, uni o‘zidan bilsin, o‘zidan ko‘rsin.
– Iymonlik kishilarga har vaqt ulug‘ davlat nasib bo‘lg‘usidir.
– Bir millat o‘z hayotiy huquqlarini kerakli sharoiti bilan qo‘lga keltirishi uchun, u millatning oliy himmat o‘gillari fidoyilarcha mol-jonini ayamay, bu yo‘lda har qancha qiyinchilik chiqar ekan unga qarshi ko‘krak kerib, chidamliq bilan ish olib borar ekanlar, ana shundagina haqiqatni yuzaga chiqarib, o‘z maqsadlariga erisha oladilar. Himmati o‘zidan oshmagan olimlarning butun qilgan harakatlari hayvonlarcha qorin to‘yg‘azishgagina bog‘langan bo‘lib, ular irodasiz, inson suratlik janivorlardir. O‘z tillarini unutib, muqaddas dinlarini hammadan ilgari tashlagan holda, ular ilon og‘ziga kelgan quyondek yutilishga yaqin turadilar.
– Endi dushmanga yutilishdan saqlanishning eng kuchlik quroli esa, shu ikki narsadan iborat: birinchisi diniy ixlos, ikkinchisi milliy hisdir. Qaysi millat bu hislarga halal yetkizmay yaxshi saqlar ekanlar, unday millat dushman tomonidan yutilib ketilishi mumkin emasdir.
– Endi bu hissiyotimizni doimiy ravishda saqlab qolishimiz uchun, zarur tillarni o‘zlashtirganimiz ustiga, o‘z ona tilimizga qattiq ahamiyat berib, milliy adabiyotimizni yuqori ko‘tarib, ilm va madaniyat tillari darajasiga yetkazishimiz lozim. Mana shundagina bizlar oldimizda og‘iz ochib tayyorlanib yotgan qizil ajdarhoning yutishidan o‘zimizni saqlay olamiz. Til-adabiyotimiz qanchalik o‘sib, taraqqiy topar ekan, ilm ma’rifat ham shunchalik kengayaveradi.
– Hozirgi o‘qimishlik, tushungan Vatan bolalarimiz, agar milliy hislik bo‘lmas ekanlar, ulardan bizga, ya’ni o‘z xalqiga foyda yetishi hech vaqt mumkin emasdir. Balki bolta sopini o‘zimizdan chiqargan yov qo‘lida tub ildizimiz bilan kesib quritishga qurol bo‘ladilar. U holda esa o‘zlaridan umid etilgan vatan o‘gillarining qo‘llari bilan vatan ahllarini ko‘mishga chuqur qaziladi demakdir“.
“Turkiston qayg‘usi” kitobidan
Bir kuni...
Bilasizmi?
Hikmat
Bilasizmi?
Bir kuni...
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
3 Izohlar
Жамила Шаропова
12:01 / 01.01.1970
Алихонтўра Соғунийнинг тилимиз,миллатимиз ҳақида жон куйдириб гапирганлари,хали ҳам бизнинг оғриқли нуқтамиздир.Ўзбек бўла туриб ўз тилида гапиришни билмайдиган ёшларимиз кўпайиб кетмоқда.Ота - оналар қалбидаги ,СССр давридаги маънавий бўшлиқ туфайли тилимизга путур етмоқда.Ўз миллати томонидан қадрланмаган тилни бошқа миллат қадрлармиди?
Asadova F
12:01 / 01.01.1970
Ha juda to'g'ri haqqoniy gaplar,dunyoda faqat o'zini o'ylaganlar oxirida yolg'izlikka mahkum bolib qoladi.Bunga tarix guvoh.Millatimizning asl farzandlari hali ham bor ,faqat ular hashamatli tadbirlarning ortida qolib ketmoqda...
Muminov A'zamjon
12:01 / 01.01.1970
Juda ham yahshi, va achinarli holaylar