Nafs


Saqlash
15:09 / 15.09.2023 0 10054

Nafs (arabcha qalb, koʻngil; inson; maqsad, intilish; gʻurur, magʻrurlik) – 1) yeyish-ichish va mol-dunyoga boʻlgan ehtiros; 2) shahvoniy hirs. Nafs insonning moddiy oʻzligi, “men”idir. Tilimizda uning muqobili mavjud emas. Nafs izidan ergashadigan inson uning quliga aylanadi. Inson nafsni vaqtida jilovlay olmasa, moddiy va maʼnaviy xatolarga yoʻl qoʻyadi, oxir-oqibat ayanchli ahvolga tushib qoladi. Nafsni tiyishning asosiy omili maʼnaviy tarbiyadir. Maʼnaviyat haqida fikr yuritar ekanmiz, bu masalani atroflicha va chuqur tahlil etishimiz, uning faqat oʻzimizga maʼqul, ijobiy tomonlari bilan cheklanib qolmasdan, ana shunday murakkab jihatlarini ham nazardan chetda qoldirmasligimiz lozim, loʻnda qilib aytganda, bu oʻrinda gap bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan ikki xil qarash haqida bormoqda. Birinchisi – oʻz nonini halol mehnat bilan topadigan, xolis va ezgu ishlar bilan el-yurtga naf yetkazadigan, tiriklik mazmunini teran anglab, nafaqat bugungi hayot lazzatlari, balki oxirat haqida, uning obod boʻlishi haqida oʻylab yashaydigan insonlarga xos hayotiy qarashlar. Ikkinchisi – bunga mutlaqo qarama-qarshi boʻlgan yondashuv, yaʼni hayotning maʼno-mazmuni haqida boshqotirmasdan, bunday savollar bilan oʻzini qiynamasdan, faqat nafs qaygʻusi va oʻtkinchi hoyu havasga, huzur-halovatga berilib, yengil-yelpi umr kechiradigan, oʻzining ota-ona va farzand, el-yurt oldidagi burchiga umuman befarq boʻlib yashaydigan odamlarning fikr-qarashlari. Mana shunday ikki xil dunyoqarash asosida paydo boʻladigan ogʻir savollar odamzod ongli yashay boshlagan zamonlardan buyon uni oʻylantirib, qiynab keladi. Darhaqiqat, nafs insonning oʻzi yoki oʻziga yaqin insonlarning manfaatini deb koʻpchilik manfaatini eʼtiborga olmasligi, bu yoʻlda oʻz nafsi ortidan ketishi yoki boshqa bir manfaatdor tomon bilan til biriktirishi, koʻpchilik zarari hisobiga moddiy boylik yoxud mavqe orttiradigan qaror qabul qilishi kabi hollarda namoyon boʻladi.

 

Sharq mutafakkirlarining eʼtiroficha, shaxsiy manfaat bilan jamiyat manfaati uygʻunligiga erisha olmagan inson xalq va davlat xizmatida uzoq vaqt qola olmaydi. Fuqarolar nazari, jamoat fikri uni bu sharafli, ayni paytda, gʻoyat masʼuliyatli faoliyatga noloyiq ekanini oshkor etmay qoʻymaydi. Shuning uchun masʼul shaxslar, yetakchilar, eng avvalo, nafs tarbiyasi maktabini oʻtagan boʻlishi kerak. Alisher Navoiy bu haqda shunday yozgan: “Chun menga lutf etti shah devonda muhr, Bu edi eldin quyi muhr urmogʻim. // Kim gʻururi nafsi sarkash maʼnigʻa, Barchadin boʻlgʻay quyi oʻlturmogʻim. // Chun shikasti nafs hosil oʻlmadi, // Mundin oʻldi muhrni sindurmogʻim”. Shoir nazarida inson nafsini jilovlay olmas ekan, taʼma uni yolgʻon va ochkoʻzlikka undayveradi. Shuning uchun har bir inson, eng avvalambor, taʼmadan uzoq boʻlishi kerak. Shoh devonida muhr urishni topshirgan inson davralarning toʻrini emas, poygagini koʻzlab, nafsini oʻsha poygakda turishga oʻrgatishi kerak. Agar nafsidan gʻolib boʻlolmas ekan, “muhrni sindurmogʻi” afzaldir. Nafs insonning mohiyatiga yarashmaydigan qiliqdir. Zero, taʼma uchun tubanlashish, oʻzini suvga-oʻtga urish yaramaydi. Dono xalqimiz nafs quliga aylangan, oʻz manfaatiga boshqalar hisobidan erishishni maʼqul koʻradigan, faqat oʻzini oʻylaydigan kimsadan Xudoning oʻzi asrasin, deydi. Bagʻrikeng, halol, vijdonli, mehr-oqibatli, el-yurtning gʻamu tashvishi bilan yashaydigan kishilarni boshiga koʻtaradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232591
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112447
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64909
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36499
“Avesto”

//