Moʻtadillik


Saqlash
21:08 / 11.08.2023 0 1044

Moʻtadillik (arabcha qaddi-qomati kelishganlik, rasolik; mutanosiblik; oʻrtachalik, oʻrtamiyonalik) – oʻrtacha, hammaga maʼqul vaziyat, holatni anglatadi. Moʻtadillik iborasi ijtimoiy maʼnoda qoʻllanganda insof, diyonat tushunchasiga mos keladi. Xususan u Sharq falsafasida shunday talqin etiladi. Bu maʼnoda moʻtadillik – kishining muayyan jamiyatning axloq meʼyori nuqtai nazaridan oʻz xulq-odobini nazorat qilishi va xolisona baholashidir. Moʻtadillik – vijdonli odamning, jamoaning jamiyatga yoki boshqa kishilarga nisbatan oʻz xulq-atvori uchun maʼnaviy javobgarlik hissi hamdir. Agar kishi biror ishni toʻgʻri bajarsa, unda ichki qoniqish paydo boʻladi, vijdoni pok boʻladi, atayin notoʻgʻri bajarsa, moʻtadillikdan chiqqan boʻladi. Moʻtadillik kishini biror ishni qilishga undasa yoki qilishdan tortsa, bunda u qalb amri tarzida boʻladi. Yuqoridagi xislatlarga ega boʻlgan kishi albatta moʻtadil hayot kechiradi va moʻtadillikka ega boʻladi. Moʻtadillik atamasi tabiiy-ijtimoiy voqea-hodisalar, masalan, ob-havoga nisbatan ham moʻtadillik atamasi qoʻllanadi. Ob-havosi moʻtadil mintaqa deganda issigʻi ham, sovugʻi ham kishini qiynamaydigan, uning tanasiga xush yoqadigan joy, hudud tushuniladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67648
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56487
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//