Muttaham(lik)


Saqlash
21:08 / 11.08.2023 0 932

Muttaham(lik) (arabcha ayblanuvchi; shubhaga olingan, ayblangan) – oʻzaro munosabatlar va oldi-berdi masalalarida nopok; firibgar, qallob, muttaham odamni anglatadigan tushuncha. Muttaham soʻzi ayrim kishilar xarakteriga oʻrnashib qolgan salbiy sifatni anglatadi va ushbu ibora azaldan qoʻllab kelinadi. Bu soʻz bilan ifodalangan shaxslar xalqning nazaridan qolgan, barchaning izzat-nafsiga tekkan kishi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu soʻzga nisbatan xalqda salbiy munosabat shakllangan, insof va iffat soʻzlari unga antonim hisoblanadi. Negaki, bu soʻzlar bokiralik maʼnolaridan tashqari kishining oʻz mavqeini saqlash, ulugʻlash va ardoqlash, xijolat tortish tuygʻularini, oila va ajdodlar shaʼniga dogʻ tushirmaslik maʼnosini ham ifodalaydi. Odatda nomusli odam maʼnaviy qadriyatini baland tutadi. “Qonun taqiqlay olmagan narsalarni goho nomus taqiqlay oladi”, degan naql ham bor xalqimizda. Muttahamlik xususiyatiga ega boʻlgan kishi esa na qonunni nazar-pisand qiladi va na nomusni biladi, uning uchun faqat shaxsiy manfaat ustun turadi. Oʻziga ortiqcha bino qoʻymoq, gerdaymoq, kekkaymoq, dimogʻdorlik – takabburlikni anglatib va muttahamlikka yaqin tushuncha hisoblanadi. “Manmanlik zavolga, kamtarlik kamolga yetaklaydi”, degan naql shunga ishora boʻlsa kerak. Barcha jamiyatlarda, jumladan xalqimizda ham insofli, diyonatli halol insonlar ulugʻlab kelingan, muttahamlar esa qoralangan. Muttaham soʻzi faqat millatimiz orasida emas, balki barcha xalqlarda qadimdan qoʻllab kelinganini qadimgi yunon faylasufi Arastuning quyidagi soʻzlari tasdiqlaydi: “Muttahamning vijdonini qoʻzgʻatmoq uchun unga tarsaki tushirish kerak”. Arastuning fikridan muttaham boʻlgan kishiga shafqat qilmaslik kerak, uni faqat majburiy yoʻl bilangina tarbiyalash mumkin, degan maʼno uqiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232591
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112447
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64909
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36499
“Avesto”

//