Mustaqillik va ezgulik monumenti


Saqlash
21:08 / 10.08.2023 0 3844

Mustaqillik va ezgulik monumenti – xalqimizning uzoq yillar kutgan orzu-armonlari va ezgu maqsadlarini ifodalaydigan ramz, istiqlolning dastlabki yillarida Mustaqillik maydonida bunyod etilgan Mustaqillik timsoli. Unda Oʻzbekiston Respublika xaritasining tasviri aks ettirilgan. 2005-yilning dekabr oyida Mustaqillik monumenti majmuasiga tutash holda qoʻlida farzandini ushlab oʻtirgan baxtiyor ona haykali – Ezgulik monumenti oʻrnatildi. Bu ikki meʼmoriy-badiiy majmuaga Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nom berildi. Mustaqillik va ezgulik monumenti xalqimizga xos boʻlgan ezgu fazilatlar – tinchliksevarlik, bagʻrikenglik, bolajonlilik, mehr-oqibat, samimiylik va odamiylik xususiyatlarini namoyon qiladi. Mustaqillik maydoniga kiraverishda Mustaqillik va ezgulik monumenti bilan yaxlit ansamblni tashkil etuvchi Ezgulik arkasi bunyod etildi. Mustaqillik va ezgulik monumenti hamda Ezgulik arkasi oq rangdagi uzun va keng yoʻlak bilan tutashgan boʻlib, bu ramziy maʼnoda oq poyondozni bildiradi. Ezgulik arkasining uzunligi 150 metr, asosiy peshtoqlarining balandligi 12 metr, yon tomondagi ustunlarining balandligi 10 metr boʻlib, jami 16 ta oq marmardan ishlangan ustunlardan iborat. Mazkur baland va baquvvat ustunlar mustaqilligimizning mustahkam poydevoridan darak beradi. Markaziy ustunda Yer shari tasviri oʻrnatilgan, Yer shari ustida esa koʻkka intilayotgan turnalar ishlangan. Yer shari uzra parvoz qilayotgan turnalar tinchlik va ezgulik, baxt-saodatramzini ifoda etadi. Bugungi kunda davlat miqyosidagi bayram va tantanalarda, umumxalq sayllarida va yangi hayotga qadam qoʻyish oldidan (kelin-kuyovlar) monument poyiga gul qoʻyish anʼanaga aylangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232591
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112447
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64909
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36499
“Avesto”

//