Mustaqil fikr


Saqlash
20:08 / 10.08.2023 0 2320

Mustaqil fikr – boshqalarning fikridan mustaqil va oʻzga taʼsirlardan xoli xulosa, hukm va mulohazalar, insonning dunyoqarashi va aqliy salohiyatini ifodalaydigan tushuncha. Mustaqil fikr insonda dastlab oilada shakllana boshlaydi. Shaxsning ulgʻaya borishi natijasida u ijtimoiy institutlar tomonidan mavjud barqaror vosita va usullar orqali toʻliq shakllantiriladi. Mustaqil fikr milliy ong, milliy oʻzlikni anglash, milliy gʻurur, milliy maʼnaviyat tushunchalari taʼsirida shakllanadi. Har bir jamiyat oʻz aʼzolari ongida Mustaqil fikrni shakllantirishdan manfaatdor boʻladi. Mustaqil fikrli kishilar oʻzi yashayotgan jamiyat bilan faol ijtimoiy-siyosiy munosabatga kirisha oladi, oʻzining jamiyat oldidagi huquq va majburiyatlarini teran anglab, uni amalga oshirishga layoqatli boʻladi. Mustaqil fikr individlar, guruhlar va jamiyatning barcha aʼzolariga xos xususiyat sanaladi. Jamiyatda bunday shaxslarning koʻpayishi uning taraqqiyotiga xizmat qiladi. Mustaqil fikrga ega odam oʻz dunyoqarashi, aqliy salohiyati orqali jamiyatning asosiy maqsadini chuqur anglab, oʻz faoliyatini shu asosda yoʻnaltiradi. Bunday shaxs tevarak-atrofidagi har qanday voqea-hodisalarga nisbatan ongli munosabatda boʻladi. U har bir harakatini mulohaza bilan amalga oshirishga oʻrganadi.

 

Mustaqil fikrga ega shaxsni turli maqsadlarda oʻz izmiga boʻysundirish mumkin boʻlmaydi. Chunki, u oʻzining qatʼiy hayotiy pozitsiyasi va mushohadasiga ega. Fikr qaramligi uning uchun yot narsa. Mustaqil fikrli barkamol shaxsni tarbiyalash, eng avvalo, oiladan boshlanadi. Bu har bir ota va onaning shaxsiy ibrati, taʼlim-tarbiya jarayonida mustaqil fikrlashga oʻrgatib borishi juda muhim. Bu har bir otaonadan yuksak maʼnaviyat va madaniyat, keng dunyoqarashga ega boʻlishni taqozo etadi. Keyinchalik bu jarayon oʻquv yurtda oʻqituvchi-murabbiylar faoliyati orqali takomillashib boradi. Insonda sogʻlom fikrni va aqliy muvofiqlikni shakllantirish va rivojlantirishning eng samarali yoʻli teran aql-idrokka erk berishdir. Mustaqil fikr yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. Chunki mustaqil fikrga ega boʻlgan shaxsning irodasi kuchli, eʼtiqodi sobit boʻladi, u har qanday aldov va igʻvolarga koʻnmaydi, puch va havoyi fikrlarga berilmaydi. Mustaqil fikrli shaxsda yuksak maʼnaviyat va maʼrifat uygʻunlashgan boʻladi. Mustaqil fikr shakllanishida bilim va koʻnikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi Oʻzbekiston taʼlim tizimining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ham mustaqil fikrli shaxslarni tarbiyalashdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232591
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112447
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64909
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36499
“Avesto”

//