Ko'ylak


Saqlash
22:11 / 25.11.2021 0 1444

 

U ko‘ylak edi, xolos.

Zotan, tug‘ilganidoq qulog‘iga quyilgandi qo‘rg‘oshindek

Uning haq-huquqi yo‘qligi,

Hech kimligi.

 

U bor-yo‘g‘i ko‘ylak edi,

Boshqalar belgilardi uning kalta-uzunligini.

To‘g‘ri-da, qachon yoki qayerda ko‘rgansiz,

Kiyimning o‘lcham tanlovi o‘ziga berilganin.

 

Shu tariqa sassiz-sadosiz yashadi bir umr,

Bu orada bir necha ko‘ylakchalar qirqdi etagidan,

Buning uchun yegan kaltaklari esa son-sanoqsiz edi.

"Menga belbog‘ kerak!

Belbog‘ tug‘ib ber menga!" –

O‘kirardi erkak.

Belida belbog‘i yo‘qqa o‘xshardi o‘shqiriqlaridan...

 

Olamcha orzulari bor edi

Ko‘ylakning,

O‘qimoqchi, jamiyatda o‘rnini

Topmoqchi edi.

Ammo cho‘ng turmush sabab

Orzularin dorga osardi har kun,

Dorga ilgan kir misoli.

 

Ipni silkitayotgan yellarga qo‘shilib

Uchib ketgisi kelardi qayoqlargadir ko‘ylakning.

Xo‘rlik, kaltak, zulm kamdek

Boshqa yangi ko‘ylak keldi bir kun uyga...

Ohorli edi u hali,

Qip-qizil gullari o‘ynab turardi mato yuzida.

 

Qizlarining "nega" degan jim savolli ko‘zlari,

Yangi ko‘ylakning eriga qaratilgan ochiq ishvalari,

Erining "istasang shu, istamasang ko‘cha" degan iddaolari...

Ko‘ylakni oxiri orzulariga undadi.

Uchib ketgisi keldi bu yerlardan

Shamollar qanotida.

 

Va... bir kuni sakradi beshinchi qavat derazasidan.

Ammo uchib ketolmadi!..

O‘shanda bilishdi kiyim ichida

Qachonlardir tirik ayol yashaganin,

Tirik odam yashaganin.

Ammo ko‘ylak bechora shuni unutgandi –

Uchib ketaman deb chindan o‘ylagandi chog‘i.

 

 

Go‘zal RO‘ZIYEVA

10-25 noyabr, 2021-yil

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 224
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 239
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 152
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 273
Vafo va vafot



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236326
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115126
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68749
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57911
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52300
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41131
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39963
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39944
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//