Muomala. Muomala odobi


Saqlash
21:08 / 09.08.2023 0 21084

Muomala – kishilar bilan munosabat, soʻzlashuv va shuningdek, ish, xizmat va boshqa barcha sohalar bilan bogʻliq aloqalarni ifoda etuvchi tushuncha. Eng goʻzal mulohaza lutf-karamdir. Navoiy bobomiz bunday mulohazani “Mulohaza – pardoz” deb atagan. Xalqimizda odamlar bilan toʻgʻri, oqilona mulohaza qila bilish madaniyat, olijanoblik alomati deb hisoblanadi. Mulohaza madaniyatida xalqimizga xos koʻplab goʻzal fazilatlar namoyon boʻladi.

 

Muomala odobi – insonlararo muloqotda namoyon boʻladigan odob-axloq belgisi boʻlib, soʻzlashuv madaniyatini tartibga soladigan hamda shaxs xulqi goʻzalligini aks ettiradigan maʼnaviy-axloqiy xususiyatni ifodalovchi tushuncha. Muomala odobida xushfeʼllik, xushmuomalalik, hayo-ibolilik, beozorlik, shirinsoʻzlik, ochiqkoʻngillik singari axloqiy meʼyorlar muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, oʻzida yuksak madaniyatni mujassam etgan kishilar muomalasida hayo, andisha va ibolilik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maʼrifatli, komil insonlar hayoli va vafodor kishilardir. Vafosizning jabri qancha boʻlsa, hayosizning shallaqiligi, betgachoparligi, beandishaligi ham shuncha ozor keltiradi. Bundan tashqari, muloyimlik ham muomala odobining muhim sifatlaridan sanaladi. Muomalaning asosiy manbaini soʻz tashkil etadi. Muomala odobiga koʻra, yaxshi-yomon soʻz insonning ruhiyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi: yaxshi soʻz bilan muomala qilinsa – yaxshilik topiladi, yomon soʻz bilan muomala qilinsa – yomonlik. Madaniylikning eng muhim unsurlaridan biri muomala odobidir. U mohiyatan, oʻzaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, oʻzaro tajriba almashmasdan, bir-biriga taʼsir koʻrsatmasdan yashashi qiyin. Muomala – odam uchun ehtiyoj, zaruratdir. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qoʻyishni, anʼanaviy axloqiy-meʼyoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Uning eng yorqin, sermazmun va ifodali tarzda namoyon boʻlishi soʻz, nutq vositasida roʻy beradi. Soʻzlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomala odobining muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi eng avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfeʼllik singari axloqiy meʼyorlarda namoyon boʻladi. Axloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi. Muomala odobining yana bir “koʻzgusi”, bu – insoniy qarash, nigoh, soʻzsiz harakatlar. Maʼlumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qoʻl harakatlarida uning til orqali ifodalanmagan, soʻzga aylanmagan hissiyoti oʻz aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxi rigacha eshitmay, qoʻl siltab ketish – muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Baʼzan qarab qoʻyishning oʻzi soʻzdan ham kuchliroq taʼsir koʻrsatadi. Umuman olganda, muomala odobi kishilarning bir-biriga taʼsiri, tarbiya va oʻz-oʻzini tarbiya etish vositasi sifatida shaxslararo munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sabab yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hoz. kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Bunda ota-ona, mahalla-koʻy, taʼlim-tarbiya sohasi xodimlarining taʼsiri katta.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232591
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112447
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64909
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36499
“Avesto”

//