Mulohaza


Saqlash
20:08 / 09.08.2023 0 6501

Mulohaza – kishining narsa, voqea, hodisa va holatlar haqidagi fikri yoki hukmi. Fikr yoki hukm – aqliy faoliyat turi, odam miyasi va ongining mahsuli. Biroq, mulohaza, ongning yon-atrofga, borliqqa munosabati natijasida vujudga keladi. Shuning uchun mulohazaning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligi uning mavjudlikni, borliqni qanday aks ettirishi orqali aniqlanadi. Mulohaza intuitsiya bilan ham bogʻliq. Intuitsiyada inson narsa, voqea-hodisa va holatlarning qanday kechishini oldindan bilishi, fahmlashi mumkin. Biroq, uning tagida ijtimoiy amaliyot, katta hayotiy tajriba yotadi. Shuning uchun intuitsiya ham, xuddi ong kabi, kishining uzoq yillik izlanishlari va amaliy tajribasi mahsuli sifatida, mulohazani yuzaga keltiradi. Mantiqshunoslikda mulohaza quyidagicha tasnif qilinadi: 1) tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi mulohaza 2) yakka, juzʼiy va umumiy mulohaza; 3) shartli, farqlovchi va qatʼiy mulohaza; 4) ehtimoliy, mavjudiy va zaruriy mulohaza.

 

Agar fikr holatning, narsaning maʼlum bir sifatlarini tan olishga qaratilgan boʻlsa, u tasdiqlovchi mulohaza, agar fikr bu sifatlarni rad etishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, inkor qiluvchi mulohaza deyiladi. Narsa, voqea va holatlar oʻzlarining yakka, juzʼiy va umumiy xususiyatlariga ega. Yakka xususiyat aynan shu narsaga taalluqli, aynan shu holatda namoyon boʻladi. Agar bu xususiyat boshqa narsalarga voqea-hodisa va holatlarga ham taalluqli boʻlsa, u guruhga, toifaga, turkumga xos boʻlgan juzʼiy xususiyatlarni yuzaga keltiradi. Agar bu xususiyat bir guruh, toifa, turkum doirasidan chiqib, boshqa guruh, toifa va turkumlarga ham taalluqli boʻlsa, u har xil doiralarga oid umumiy xususiyatga aylanadi. Bu xususiyatlar oʻz koʻrinishlariga mos mulohazani uygʻotadi. Shartli mulohaza fikrni biror narsa, voqea, hodisa va holatlar bilan shartli tarzda bogʻlanib kelishidan hosil boʻladi. Masalan, «u istagan institutga kirishi mumkin edi, degan mulohaza voqea-hodisalarni boʻlaklarga ajratish natijasida hosil boʻladi, u zoʻr bilimi yoki yaxshi xotirasi tufayli aʼlo baho olgan qabilidagi qatʼiy mulohaza narsa, voqea-hodisa va holatlar haqida chiqariladigan yakuniy fikr, hukm hisoblanadi. Ehtimoliy mulohaza narsa, voqea, hodisa va holatlarning yoki ulardagi maʼlum bir xususiyatlarning boʻlish yoki boʻlmaslik ehtimolidan kelib chiqib bildiriladigan fikr boʻlsa, mavjudiy mulohaza esa ana shu narsa va holatlarning yoki ulardagi maʼlum bir xususiyatlarning borligi tan olingan fikrdir. Zaruriy mulohaza ulardagi maʼlum bir xususiyatlarning har qanday holatda saqlanishini eʼtirof etadigan fikr hisoblanadi. Mulohaza, subyektiv nuqtai nazardan, shaxsiy, guruhiy, koʻrinishi jihatdan subyektiv va obyektiv, mavzulari boʻyicha ilmiy, badiiy, diniy, falsafiy va boshqa turlarga boʻlinadi. Mulohaza falsafaning bilish nazariyasi va matnshunoslik sohalarida keng tadqiq etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233900
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56489
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38673
“Avesto”

//