
Bilasizmi?
Munofiq(lik) (arabcha ikki-yuzlamachi; mugʻombir, oʻrtaga nizo soluvchi) – yuksak maʼnaviy fazilatlarga zid, tili boshqa, dili boshqa, soʻzi va ishi bir-biriga toʻgʻri kelmaydigan shaxsga xos salbiy xislatni ifodalovchi tushuncha. Xalqimizda ana shunday ikkiyuzlamachi shaxs, oila, jamoa, millat, xalq oldida oʻzini doʻst koʻrsatib, orqasidan yomonlik qiladigan yoki yomonlik tilaydigan kishilar munofiq deb ataladi. Munofiqlikning xavfli jihati shundaki, bunday illatga chalingan kishilar doʻst niqobiga kirib, barcha sir-asrorlardan xabar topadi va vaqti kelganda bundan oʻz foydasi va gʻarazli niyatda foydalanadi. Ular dushmandan ham yomonroq dir. Chunki, kishi oʻz dushmanini yaxshi biladi va u bilan aloqada ehtiyotkorlik bilan ish tutadi, masofada turib muomala qiladi, unga oʻz sirlari va rejalashtirayotgan ishlarini oshkor qilmaydi. Munofiqni esa oʻziga doʻst deb bilgani bois, unga oʻz sir-asrorlarini ishonib aytadi va kutilmaganda uning xiyonatiga duch keladi. Bunday hollarda koʻrilgan moddiy zarar emas, balki maʼnaviy zarar kishini koʻproq iztirobga soladi. Munofiq islom taʼlimotida qoralanib, dinni yuzaki qabul qilib, oʻzi esa avvalgi qabilaviy eʼtiqodiga sigʻinishni davom ettirgan odamlarga nisbatan qoʻllangan. Shu maʼnoda, dilida iymoni yoʻq, ammo biror maqsadi yoʻlida musulmonlar orasida oʻzini iymonli, dindor koʻrsatib yuradigan kishi munofiq hisoblanadi. Hadislarda taʼkidlanganidek: “Munofiqning namoz oʻqib, roʻza tutgani, «musulmonman” deb daʼvo qilgani bilan uch illati boʻladi: yolgʻon gapiradi, vaʼdasiga vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi».
Tarixdan maʼlumki, munofiqlar, ikkiyuzlamachilarning qilmishlari oxir-oqibat fosh boʻladi va xalq ulardan yuz oʻgiradi. Munofiqlik maʼnaviy-axloqiy kategoriya, muayyan inson faoliyatida qatʼiy axloqiy tamoyillarning shakllanmagani, uning maʼnaviy-ruhiy jihatdan beqarorligi, feʼl-atvorida ijobiy axloqiy meʼyorlar kamol topmagani va amaliy faoliyatida oʻziga xos nomutanosiblik mavjudligidan dalolat beradi. Munofiqlikni keltirib chiqaradigan asosiy sabablardan biri taʼlim-tarbiyadagi nuqsonlar, yoshlar tarbiyasiga boʻlgan eʼtiborsizlikdir. Xalqimiz munofiqqa nisbatan “Dili boshqa-yu, tili boshqa” degan naqlni bejiz qoʻllamaydi. Tarixning guvohlik berishicha, mustaqillikni qoʻlga kiritib, endigina oyoqqa tura boshlagan mamtlarga nisbatan baʼzi davlatlar yordam qoʻlini choʻzsa, boshqalari esa oʻzini goʻyo doʻst qilib koʻrsatsa-da, turli yolgʻon va boʻhtonlar tarqatib, uning tiklanishiga qarshilik qilish, oyogʻidan chalish payiga tushadi. Keyingi paytlarda bizning mamlakatimiz aholisiga nisbatan ham ana shunday “doʻst”lar paydo boʻlib qoldi. Oʻzbek xalqining manfaatlari toʻgʻrisida “bosh qotirayotgan” va “gʻamxoʻrlik qilayotgan” turli radiostansiya va telekanallar, gazeta va jurnallar, internetdagi baʼzi saytlar oʻzlarini “qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan”day qilib koʻrsatishga, hayotda goʻyo oʻzbek xalqi manfaatlarini himoya qilishdan boshqa hech qanday maqsadi yoʻqday qilib koʻrsatishga urinmoqda. Aslida esa ular turli nayranglar bilan odamlar ishonchiga kirib olgandan keyin asosiy maqsadga, yaʼni konstitutsion tuzumga qarshi faoliyat olib bormoqchi, xalq bilan hokimiyat orasiga nifoq solmoqchi boʻladi. Bunday qabih harakatlar ostida xalqimiz orasiga har qanday yoʻl bilan boʻlsa ham rahna solishga intilish yotadi. Demak, yolgʻonchilik, munofiqlik nafaqat insonlar, balki mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlariga ham nifoq soluvchi salbiy illat sifatida namoyon boʻladi.
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q