Muzey


Saqlash
22:08 / 08.08.2023 0 733

Muzey – tarixiy moddiy va maʼnaviy yodgorliklarni toʻplash, saqlash, oʻrganish va targʻib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy tadqiqot, madaniy-maʼrifiy muassasa. Uning asosiy vazifasi insonlarni maʼnaviy, estetik, madaniy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy va hokazo ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Muzeylar sohalar boʻyicha adabiyot, tarix, madaniyat, sanʼatshunoslik, tabiatshunoslik, qishloq xoʻjaligi, texnikaga oid va boshqalarga boʻlinadi. Ijtimoiy vazifasiga koʻra esa maʼnaviy-madaniy, ilmiy tadqiqot va oʻquv muzeylariga boʻlinadi. Muzeylar oʻz eksponatlari (sanʼat durdonalari, moddiy va maʼnaviy yodgorliklar) orqali insonlarni maʼnaviy-madaniy ehtiyojini qondiradi, ularga estetik zavq bagʻishlaydi, tarixiy haqiqatni oshkor etadi, dunyoqarash va didni oʻstiradi. Muzeyda ilmiy tadqiqot ishlari ham olib boriladi: qadimgi moddiy va maʼnaviy yodgorliklarni, ayniqsa, qoʻlyozmalarni, toʻplamlarni butlash va oʻrganish; ilmiy hujjatlarni tayyorlash, muzey ashyolarini saqlash va taʼmirlash tartibini yaratish, adabiyotlar nashr etish shular jumlasidandir. Muzeylar kishilarni tarixdan boxabar etib, oʻziga xos saboq beradi. Oʻquv maskanlari va boshqa muassasalarda tashkil etilgan muzeylar ularning tarixi va faoliyatini oʻzida aks ettiradi. Zamonaviy muzeylar tadqiqot, taʼlim-tarbiya va maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini oʻzaro uygʻun holda amalga oshiradigan madaniyat oʻchogʻidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232591
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112447
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64909
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36499
“Avesto”

//