Muallif(lik)


Saqlash
21:08 / 08.08.2023 0 1073

Muallif(lik) (arabcha tuzuvchi, yozuvchi) – 1) muayyan badiiy, ilmiy yoki publitsistik asar, loyiha, ixtiro sohibi va boshqa ijodkorlar;

2) ijodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxsning oʻz faoliyati mahsuliga nisbatan muallifligini hamma tomonidan tan olinishini talab qilish huquqi;

3) fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni huquqiy himoya qilish boʻyicha huquqiy meʼyorlar majmui. Mamlakatimizda mualliflik huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida qator qonunlar qabul qilingan;

 

Muallif Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha, asar yoki kashfiyot kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ana shu fuqaro asar muallifi, deb eʼtirof etiladi. Asardan daromad (foyda) olish maqsadida foydalanganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qatʼi nazar, asar foydalanilgan deb hisoblanadi. Asarning mazmunini tashkil etuvchi qoidalarni (kashfiyotlarni, boshqa texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy va shu kabi yechimlarini) amaliy qoʻllanish asardan mualliflik huquqi maʼnosida foydalanganlikni anglatmaydi. Muallif yoki huquqqa ega boʻlgan boshqa shaxs shartnomaga, shu jumladan, ochiq savdoda tuzilgan shartnomaga binoan asardan foydalanish borasidagi barcha huquqlarni oʻzga shaxsga berishi (foydalanish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishi) mumkin. Asardan foydalanish huquqi bir shaxsdan boshqa shaxsga universal huquqiy vorislik tartibida oʻtadi. Huquq egasi boshqa shaxsga asardan muayyan doirada foydalanish uchun ruxsatnoma berishi mumkin. Unday ruxsatnoma asardan uni dastlabki shaklida foydalanish uchun ham, qayta ishlangan shaklida, xususan tarjima, nusxa koʻchirish, aranjirovka tarzida va shu kabi usullarda foydalanish uchun ham talab qilinadi. Asardan foydalanishning har bir usuli uchun huquq egasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi. Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasiga nisbatan, uning maqsadi, qadr-qimmati, ifodalanish usulidan qatʼi nazar tatbiq etiladi. Asar ogʻzaki, yozma shaklda yoki uni idrok etish imkonini beradigan boshqa obyektiv shakllarda ifodalangan boʻlishi lozim. Mualliflik huquqi eʼlon qilingan (oshkor qilingan, chop etilgan) asarlarga nisbatan ham, eʼlon qilinmagan asarlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Mualliflik huquqi gʻoyalar, konsepsiyalar, tamoyillar, tizimlar, taklif qilinayotgan yechimlar, obyektiv mavjud kashfiyotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232591
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112447
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64909
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36499
“Avesto”

//