Muallim


Saqlash
21:08 / 08.08.2023 0 1067

Muallim (arabcha taʼlim beruvchi) – turli yoʻnalish va darajadagi taʼlim tizimida oʻquvchiga amaliy taʼlim-tarbiya berish ishlarini amalga oshiradigan mutaxassis. Shuningdek, muallimlarga nisbatan “domla”, “ustoz”, “oʻqituvchi” yoki “pedagog” atamalari ham qoʻllaniladi. Muallimlik eng qadimiy kasblardan biri hisoblanadi. Buning boisi shundaki, inson faqat taʼlim-tarbiya tufayli ijtimoiy meʼyor va odobaxloq qoidalarini oʻzlashtiradi, maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan rivojlanadi va takomillashadi. Tamaddunning Ossuriya, Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy singari qadimiy oʻchoqlarida topilgan tarixiy-madaniy obidalar guvohlik berishicha, bu oʻlkalarda muallimlik boshqa sohalarga qaraganda katta imtiyozlarga ega kasb hisoblangan. Qadimgi Yunonistonda faqat ozod kishilargina muallimlik qilishga haqli boʻlgan. Masalan, Rim imperiyasidagi oʻquv dargohlarida muallimlar imperator nomidan tayinlanadigan davlat amaldorlari sanalgan. Oʻrta asrlarga kelib, Gʻarb mamlakatlarida muallimlik bilan asosan cherkov xodimlari shugʻullangan, shaharlarda dunyoviy maktablar tashkil topgach, hunarmandchilik sexlari va savdogarlar gildiyalari tomonidan taklif etilgan yollanma muallimlar paydo boʻlgan.

 

Texnika taraqqiy etib, ilm-fan koʻlami kengayishi bilan muallimlik eng ommaviy kasblardan biriga aylandi. Chunki taʼlim olmagan odam texnika vositalaridan foydalana olmas edi. Shu bois koʻplab maktablarni tashkil etish va muallimlarni tayyorlash ehtiyoji paydo boʻldi. Ayni paytda XVIII–XIX asrlarda boy-badavlat oilalarda murabbiy, guverner singari uy muallimlaridan foydalanish urf boʻldi. Sharq mamlakatlari, jumladan, Turkiston oʻlkasida ham muallimlik eng qadrli va obroʻli kasb hisoblanib, bu soha egalari “ustoz” deya eʼzozlangan. Oʻlkaga islom dini kirib kelishi bilan har bir mahallada masjid va deyarli har bir masjid qoshida maktab tashkil etilgan. XIX asrning oxiridan, yaʼni oʻlkada maʼrifatchilik harakati paydo boʻlishi bilan muallimlikning saviyasiga eʼtibor kuchaydi. Turkistonda anʼanaviy muallimlar bilan birga, Yevropa mamlakatlaridan oʻzlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi muallimlar ham faoliyat koʻrsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj olgan kezlarda ancha keng yoyildi. Muallimlar saviyasining oshganligi millat ruhiyatida uygʻonish yuzaga kelishiga, taraqqiyotning bir qadar tezlashuviga olib keldi.

 

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatda muallimlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Oʻzbekistonda muallim universitetlar, pedogogika oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Mamlakatda oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimi joriy etilgan, har bir muallimga oʻqituvchilar malakasini oshirish institutlarida bepul pedagogik va metodik yordam olish imkoniyati yaratilgan. Mamlakatda har yili 1-oktabr “Oʻqituvchilar va murabbiylar” kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi. Respublikada “Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” singari faxriy unvonlarining joriy etilishi muallim-ustozlarga nisbatan yuksak ehtiromdan dalolat beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232591
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112447
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64909
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36499
“Avesto”

//