Monoteizm


Saqlash
21:08 / 08.08.2023 0 4125

Monoteizm (yunoncha monas – yakka, theos – xudo) – yakkaxudolik. Dastlab ruhlar, fetishlar, totemlar va hokazolarga eʼtiqod va sigʻinish koʻrinishida namoyon boʻlgan bu dinlar kishilik jamiyati tarixida millatlar shakllanayotgan davrda ilohlarga sigʻinish koʻrinishini ola boshlagan. Dastlab tabiat va jamiyatda sodir boʻladigan hodisalarning har biri oʻz ilohlari tomonidan boshqarilishiga ishonch-eʼtiqod vujudga kelgan (masalan, qadimgi yunonlarda, hindlarda va hokazo). Keyinchalik barcha xudolarga xos boʻlgan xususiyatlar yakka xudoga nisbat berila boshlagan va natijada yagona xudo yoki ilohga eʼtiqod shakllangan. Kishilik jamiyati rivojining eng qadimgi davrida politeistik, yaʼni koʻp xudolikka eʼtiqod paydo boʻlgan edi. Insoniyat, jamiyat rivojlangani sayin kishilarning diniy tasavvurlari ham oʻzgarib, yakka xudolik taʼlimotiga asoslangan monoteistik dinlar vujudga kelgan. Miloddan oldingi VII asrda shakllangan buddizm, VI–V asrlarda Markaziy Osiyoda shakllangan zardushtiylik, eramizning I asrida shakllangan xristianlik hamda VII asrda paydo boʻlgan islom dini yakkaxudolik dinlariga misol boʻladi. Bu diniy taʼlimotlarda olam va odam ibtidosi, borliqdagi barcha narsalarning, yaʼni tabiat, jamiyat, inson, ularning mavjudligi va oʻzgarishi, inson ongi va taqdiri bizni oʻrab turgan moddiy olamdan tashqarida boʻlgan yagona qudratli kuch – Xudoga bogʻlab talqin etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233900
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56489
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38673
“Avesto”

//