Mistitsizm


Saqlash
21:08 / 08.08.2023 0 1022

Mistitsizm (yunoncha mystika – sirli marosimlar, sirli) – odamlarning gʻayritabiiy kuchlar va hodisalar bilan ruhiy aloqada boʻlish, turli xil vositalar orqali borliqning yashirin sir-asroridan voqif boʻlish gʻoyasini ifoda etuvchi tushuncha. U olamni osonlikcha bilib olish, tabiiy hodisalar va ruhiy jarayonlarning inson tomonidan boshqarilishi mushkul ekani haqidagi yondashuvga asoslanadi. Natijada moddiy va ruhiy hodisalar yashirin mohiyatning ramzi, timsoli deb talqin etiladi. Hatto muayyan tarixiy sharoitlarda yaratilgan harflarga, tabiatda uchraydigan zohiriy oʻxshashlikka, masalan, salibning baʼzi ashyolarda uchrashi, butlarning “yigʻlashi” kabilarga gʻayritabiiy tus berish, ularni ilohiylashtirish shular jumlasidandir. Markaziy Osiyo ilk oʻrta asrlar davrining mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino folbinlik, azayimxonlik, sehrgarlik, astrologiya, alximiyani firibgarlikning yorqin namunasi deb baholaganlar, ularni qoʻllab-quvvatlaganlarni tanqid qilib, tabiat sir-asrorini tajriba va kuzatuvning qudratli vositasi or qaligina ochib berish mumkinligini taʼkidlaganlar. Astronomiya, matematika, musiqa rivojiga oʻz davrida samarali taʼsir etgan qadimgi yunon faylasufi Pifagor (miloddan avvalgi taxminan 580–500-yillar) va pifagorchilar taʼlimoti ham mistitsizmdan xoli emas edi. Unda barcha narsalar sonlarga qiyoslanib, ularning xossa va xususiyatlaridan garmonik nisbatlar keltirib chiqariladi, sonlar unsurlari narsa-ashyolar asosi deb uqtiriladi. Sonlar mistifikatsiyasi, ularga gʻayritabiiy maqom ato etish Pifagor falsafasiga xos xususiyatdir. Ilm-fan yuksak taraqqiy etgan bugungi kunda ham mistitsizmning ayrim koʻrinishlariga (masalan, ruhlar bilan “suhbat”, ayrim buyum va narsalar gʻayritabiiy kuchga ega ekanini targʻib etish va shu kabilar) duch kelish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233900
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56489
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38673
“Avesto”

//