Milliylik


Saqlash
21:08 / 08.08.2023 0 11348

Milliylik – muayyan xalqqa, millatga xos boʻlgan, uni boshqalardan farqini koʻrsatuvchi xususiyatlar majmui. Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, anʼanalari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon boʻladi. Milliylikni bilish va anglash uchun millatlar oʻrtasidagi farq va tafovutlarni oʻrganish bilan birgalikda, ularni yaqinlashtiruvchi jihatlarga jiddiy eʼtibor berish zarur. Chunki boshqa millatlarning yutuq va ijobiy tajribasini oʻrganish, ularni oʻzlashtirish milliylikni boyitadi va rivojlantiradi. Insoniyat tarixida XX asr milliylikning oʻsishi, milliy davlatchilik tamoyili ustuvorlik kasb etgani bilan xarakterlanadi. Bu asrda mustamlakachilik tizimi barbod boʻldi, oʻnlab yangi mustaqil davlatlar shakllandi. Ana shu asr soʻngida Oʻzbekiston ham mustaqillikni qoʻlga kiritib, oʻz milliy davlatchilik anʼanalarini, urf-odatlarini tikladi. Mamlakatimizda maʼnaviy taraqqiyot umuminsoniylikning ustuvorligi va milliy qadriyatlarga sadoqat tamoyillarining uygʻunligiga asoslanadi. Bunda milliy rivojlanishning oʻzimizga xos va mos yoʻli – taraqqiyotning oʻzbek modelini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqning maʼnaviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish Oʻzbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Jamiyatimizning maʼnaviy qiyofasini belgilab beradigan barcha mehnat sohalari qonun himoyasida boʻlishi kerak. Xalqning maʼnaviy-ruhiy tiklanishi – iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy negizidir. Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sogʻlom boʻlishi uchun doimo qaygʻurishimiz, kurashmogʻimiz darkor. Ana shu jarayonda xalqimizning milliylik qiyofasi, ruhiyati, dunyoqarashi, qadriyatlari, bir soʻz bilan aytganda milliyligi yaqqol namoyon boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233900
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56489
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38673
“Avesto”

//