Milliy his-tuygʻu


Saqlash
20:08 / 08.08.2023 0 1429

Milliy his-tuygʻu – muayyan mamlakat fuqarolarining ijtimoiy voqelikda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarni his etish, unga boʻlgan munosabat bilan bogʻliq ruhiy-psixologik kechinmalar koʻrinish va shakllari majmuini ifoda etuvchi tushuncha. U milliy ruhiyat, madaniy-maʼnaviy meros, urf-odat va anʼanalar, tarixiy tajriba bilan bogʻliq holda millat mentalitetida yaqqol namoyon boʻladi. Turli xalqlar va millatlarda bunday his-tuygʻularning namoyon boʻlish shakllari oʻziga xosdir. Bu talay obyektiv va subyektiv omillar bilan belgilanadi. Jamiyatdagi turli qatlamlarda ham oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Masalan, yoshlar milliy his-tuygʻusida ratsionallik bilan birga hissiy oʻzgaruvchanlik, maksimalizm, ongsiz-ruhiy harakatlarga moyillik sezilsa, har qanday masalaga xolislik, vazminlik va mushohada bilan oqilona yondashish hissi yoshi ulugʻlarga xos sifatlardir. Mavjud shart-sharoit, har bir kishiga xos temperament xususiyatlari, milliy-madaniy meros, qadriyatlarga boʻlgan munosabat ham milliy his-tuygʻuga taʼsir koʻrsatadi. Ortiqcha ehtiroslarga berilmaslik, bosiqlik, aqlga tayanib ish koʻrish milliy his-tuygʻuni ifodalovchi muhim jihatlaridir. Milliy his-tuygʻuga mavjud shart-sharoit bilan hisoblashmasdan haddan tashqari erk berish voqea-hodisalarning noxolis baholanishiga sabab boʻlishi mumkin. Umuman olganda, milliy his-tuygʻu muayyan millatning uzoq davr mobaynida davomida shakllanadigan va oʻzgarib boradigan oʻziga xos xususiyati boʻlib, uni eʼtiborga olish voqea-hodisalarni baholashda, ularga munosabat bildirishda oʻziga xoslikni yaqqol namoyon etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233900
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56489
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38673
“Avesto”

//