Milliy qahramon


Saqlash
21:08 / 07.08.2023 0 5446

Milliy qahramon – muayyan millatga, xalqqa mansub boʻlgan shaxsning oʻsha millat manfaatlari uchun fidoyilik namunalarini koʻrsatishi maʼnosini anglatadi. Agar “qahramon”, “qahramonlik” tushunchalari mardlik, dovyuraklik bilan biror yumushni bajarib, hamma odamlar ham qila olmaydigan ishni uddasidan chiqa olish, boshqalarga nisbatan alohida iqtidor va imkoniyatlarni namoyon eta bilish boʻlsa, milliy qahramon soʻzi millat manfaati uchun amalga oshirilgan ulkan ish maʼnosini ifodalaydi. Demak, milliy qahramon tushunchasi bu bir millatga mansub boʻlgan holda ana shu millatning obodligi, hurligi, ravnaqi, shon-shuhrati, farovonligi va istiqboli yoʻlida alohida va favqulodda katta xizmatlar koʻrsatgan, hatto oʻz xalqi uchun jonini fido qila olgan shaxslarga nisbatan qoʻllanadigan iboradir. Tarixiy jihatdan olib qaralsa, koʻpgina xalqlarning oʻtmishida oʻz yurti uchun fidoyilik namunalarini koʻrsatgan koʻplab siymolar uchraydi. Xususan, mamlakatni, xalqni tashqi tajovuzlardan saqlagan dov yurak lashkarboshi, jasur jangchilar, buyuk ilmiy kashfiyotlari yoki beqiyos badiiy sanʼat, adabiyot namunalarini yaratib, oʻzi mansub boʻlgan xalq yo mamlakat shuhratini olamga yoygan, uning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy-madaniy salohiyatining mustahkamlanishiga va rivojiga juda muhim hissa qoʻshgan ulugʻ sarkardalar, allomalar, adibu sanʼatkorlar bor. Ular ham oʻz yurti, xalqi va insoniyat taraqqiyotiga alohida xizmat koʻrsatgan fidoyilar, qahramonlardir. Biroq bularning aksariyati tarixga xalq qahramonlari, buyuk olimlar, ulugʻ yozuvchi, shoir, sanʼatkorlar sifatida kirgan siymolardir. Milliy qahramonlik esa xalqlar, millatlar tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda noyob maʼnaviy hodisa boʻlib, bunda taʼriflanadigan nisbatlar nihoyatda katta masʼuliyat va har tomonlama idrok etilgan munosabatni taqozo etadi. Xalqlar, urugʻ va elatlar hali etnik birlik darajasiga koʻtarilmagan pallada, ularning harbiy, iqtisodiy va maʼnaviy-madaniy imkoniyatlari yetarli darajada shakllanmagan yoki rivoj topmagan bir paytda xalqni birlashtirib, maʼlum gʻoya va oliy maqsadlar yoʻlida jipslashtirib, har tomonlama salohiyat, qudrat kasb etishga safarbar eta oladigan yetakchi shaxs – milliy qahramondir. Masalan, ulkan hududlarni birlashtirib, buyuk davlat qurgan va uning moddiy va madaniy qudratini beqiyos darajada kuchaytirgan Aleksandr Makedonskiy, Fransiya birligi va ravnaqi, shonu shavkati uchun buyuk xizmat qilgan Napoleon Bonapart, Sharl de Gol, ruslarda Rossiya misolida xuddi shunday ishlarni amalga oshirgan Petr birinchi yoki rus milliy adabiy tili va badiiy tafakkuri rivojiga ulkan hissa qoʻshgan A.S. Pushkinni oʻz xalqining milliy qahramoni deb anglash anʼanaga aylangan. Hindiston ozodligi va birligi uchun umrini fido etgan Mahatma Gandi, hind xalqi oʻrtasida milliy qahramon hisoblanadi.

 

Oʻzbek millati tarixida uch buyuk shaxs milliy qahramon sifatida xalqimizning yakdil eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Bular yagona va buyuk davlat barpo etgan ulugʻ ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur hazratlari, milliy adabiy tilimiz va yuksak milliy badiiy tafakkur asoschisi hazrat Alisher Navoiy hamda mustamlaka asoratida qariyb 130-yil yashab kelgan oʻzbek xalqining milliy mustaqilligini eʼlon qilib, uni yillar osha ijtimoiy-siyosiy, moddiy va maʼnaviy taraqqiyot sari olgʻa boshlagan ulkan davlat arbobi Islom Karimovdir. Aynan I.Karimov Amir Temurdan soʻng obyektiv va subyektiv sabablarga koʻra parchalanib ketgan milliy davlatchilik asoslarini tikladi va tarixan yangi, mustahkam siyosiy, huquqiy, moddiy va maʼnaviy negizga qurilgan Oʻzbekiston Respublikasini barpo etdi. Davlatimiz mustaqilligiga tajovuz qilgan qora kuchlarni bartaraf etishda, roʻy berishi mumkin boʻlgan turli xatarlarning oldini olish, mamlakat va millat birligini saqlash yoʻlida qatʼiy iroda va sobitlik koʻrsatdi. Xalqning millat sifatida oʻzligini anglashi, milliy-maʼnaviy qadriyatlarini tiklashi, umumjahon hamjamiyatida oʻz oʻrnini topishi va “oʻzbek modeli” degan ham milliy, ham umuminsoniy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modelini ishlab chiqish, uni izchil amalga oshirish va ulkan bunyodkorlik faoliyatida aqli va salohiyatini namoyon etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1326
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 285
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 290
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 212
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 231
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223348
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106856
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 50018
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37354
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35782
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29716
Kompetentlik

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28712
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28694
Alpomish

//