Milliy oʻzlik


Saqlash
22:08 / 04.08.2023 0 1521

Milliy oʻzlik – shaxs faoliyatida muhim oʻrin tutib, shaxs va jamiyatning maʼnaviy kamolotida, fuqarolik jamiyatining moddiy-maʼnaviy asoslarini mustahkamlashda ulkan ahamiyatga ega. Jamiyatdagi maʼnaviy tiklanish milliy oʻzlikning sifatiy jihatlari bilan chambarchas bogʻliq. Zero, oʻzlikni anglash tufayli inson oʻtmishini xotirlaydi, buguni bilan taqqoslaydi, xulosa chiqaradi va shu asosda kelajakka nigoh tashlaydi. Yaʼni oʻzlikni anglash insonni shaxs darajasiga koʻtarib, maʼnaviy kamolot sari yetaklaydigan ruhiy kuchdir. Ana shu jihatlar bevosita jamiyatning maʼnaviy rivojida oʻziga xos ahamiyatga ega boʻladi. “Shaxs milliy oʻzligini anglashi” tushunchasining tarkibiy qismlari quyidagilardir: millatga (etnosga) mansublikni, uning insoniyat taraqqiyotidagi tarixiy oʻrnini anglash; milliy gʻoya va qadriyatlarga sadoqat; millatning ehtiyojlari va manfaatlarini anglash, uning rivojlanish yoʻllarini bilish; milliy taraqqiyotga xizmat qilib, jamiyatda fuqaroviy birlikni taʼminlashga hissa qoʻshish. Milliy oʻzlikni – muayyan etnosga xoslik, oʻz ajdodlarining ijobiy faoliyatidan faxrlanish, oʻtmishga, milliy qadriyat va urf-odatlarga hurmat-ehtirom, oʻz millati va yurtdoshlarining yutuqlaridan ruhlanish, oʻz faoliyatini millat va insoniyat tamadduni rivojiga qaratish, ushbu jihatlarni har tomonlama targʻib etishdir.

 

Demak, milliy oʻzlikni anglash ijtimoiy-tarixiy shakllanish jarayoniga ijobiy munosabatda boʻlish, oʻz etnik guruhining oʻzga etnik guruhlar bilan umumiy jihatlari va oʻziga xos etnospetsifik xususiyatlarini chuqur idrok etish bilan bir qatorda, oʻz etnik guruhining oʻzga etnoslar doirasidagi oʻrni, mavqei, manfaat va gʻoyalari hamda milliy-tarixiy qadriyatlariga ijobiy munosabatda boʻlish; har bir etnos milliy mentalitetining shakllanishi va rivojlanishida tarixiy-madaniy omillar taʼsirini idrok etish, oʻzlikni anglab, oʻzga etnik guruh vakillari tarixi, madaniyati, urf-odat va anʼanalariga hurmat bilan qarash; oʻz milliy-hududiy birligida istiqomat qiluvchi millatdoshlari taqdiri, ularning oʻtmishi va kelajagiga, yurtning ravnaqiga masʼuliyatni chuqur his etish bilan bir qatorda, boshqa mamlakatlarda yashovchi millatdoshlarining ham taqdiriga befarq boʻlmaslik kabi jihatlarda oʻz ifodasini topadi. Milliy oʻzlikni anglash xalqning rivojlanish yoʻnalishini uning xalqaro miqyosda oʻzaro hamkorlik va birdamligi hamda umumiy fuqarolik mentalitetining shakllanishida Oʻzbekiston jamiyatini yangi sifatiy bosqichdagi hamjihatlikka yoʻnaltiradi. Ushbu maqsadni tub millat manfaati bilan bir qatorda jamiyatdagi barcha guruhlar manfaatlarini ham hisobga olgan holda izchillik bilan amalga oshirib borish milliy taraqqiyotni taʼminlovchi asosiy omildir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 265
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 276
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 265
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 312
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224694
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107673
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55011
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39916
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39732
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31047
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30502
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29898
Alpomish

//