Milliy ruh


Saqlash
22:08 / 04.08.2023 0 2104

Milliy ruh – millatning ichki ruhiy holati, kechinmalari, his-tuygʻulari, maʼnaviy dunyosi, oʻy-fikrlari, maqsad va maslagi hamda kayfiyatini ifodalovchi tushuncha. Yer yuzidagi har bir millat oʻziga xos irodasi, his-tuygʻu, did, xulq, feʼl-atvordan iborat maʼnaviy olamiga ega. Milliy ruh uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanadigan jarayon boʻlib, u millat taraqqiyotida hayotbaxsh manba boʻlib xizmat qiladi. Millat taraqqiyotida maʼnaviy va moddiy omillar qanchalik zarur va shart boʻlsa, milliy ruh shunchalik ham muhim ahamiyatga ega. Milliy ruhning oʻziga xos xususiyatlarini bilish ayni vaqtda jamiyatda mavjud boʻlgan qator muammolarni hal qilishga, millat ijtimoiy-siyosiy hayoti jarayonlarini oʻziga xosligini aniqlash va ularga toʻgʻri munosabatda boʻlishga imkon yaratadi.

 

Milliy ruh tarixan, obyektiv va subyektiv omillar taʼsirida sekin-asta shakllanadi. Obyektiv omillar jumlasiga millat yashayotgan hududning maydoni va hayot kechirishga qulayligi, tabiiy shart-sharoitlar, yer osti va yer usti boyliklarining mavjudligi, aholining soni, hayvonot va oʻsimlik olamining xilma-xilligi, suv manbalarining koʻpligi, quyoshli kunlarning miqdori va hokazoni kiritish mumkin. Subyektiv omillar esa aholining savodxonlik darajasi, odamlarning bir-biri bilan oʻzaro manfaatli munosabatlar oʻrnata olishi, mamlakat ichida barcha millatlar, dinlar, ijtimoiy guruhlar va boshqa tabaqalar vakillarining hamjihatligi, inoqligi, hamkorligi va boshqalarni qamrab oladi. Obyektiv omillar mavjud boʻlsada, lekin xalq tarqoq, uyushmagan boʻlsa, mamlakat va davlat qoloq va qashshoq boʻlib qolaveradi. Hozirgi zamon rivojlangan davlatlar va millatlarning taraqqiyotga erishgani obyektiv va subyektiv omillarning uygʻunlashgani hamda ishchanlik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik top qirlik bilan ishga solingani, hayot surʼati va milliy ruh yuqori darajada boʻlgani bilan izohlanadi. Ayni vaqtda, jamiyat taraqqiy etgan sari subyektiv omillarning ahamiyati ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlar zamonaviy ilm-fan, texnika yutuqlari tayangan holda Yer kurrasining tabiiy jihatdan noqulay hududlarida ham moʻjizakor ishlarni amalga oshirmoqdalar. Masalan, shimoliy qutbga yaqin joylashgan Islandiyada, yer ostidan chiqadigan qaynoq geyzer suvlaridan foydalanish natijasida subtropik mevalar yetishtirilmoqda. Yoki oʻz yer osti boyliklariga ega boʻlmagan Yaponiya eng ilgʻor sanoat, texnika, texnologiya va amaliy fanni yuzaga keltirdi va jahonda eng raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarmoqda. Bu natijalar boshqa omillar qatorida taraqqiyotga yoʻnaltirilgan milliy dunyoqarashning asosi boʻlgan milliy ruhning kuchliligidan dalolat beradi.

 

XVII–XIX asrlar davomidagi milliy boshboshdoqlik, 1865–1917-yillardagi mustamlakachilik siyosati va, ayniqsa, 1917–1990-yillardagi istibdod tuzumi oʻzbek xalqi milliy ruhining oʻsishini sustlashtirdi, oʻlkaning koʻp jihatdan orqada qolib ketishiga sababchi boʻldi, kishilarimizda oʻz millati va milliy ruhga nisbatan befarqlik his-tuygʻulariga ega shaxslarni shakllantirdi. Mustaqillik davridagi yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohot va oʻzgarishlar tufayli xalqimizga xos milliy ruh inson va jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi kuchga aylandi. Mamlakatimiz hayotini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga milliy ruhni yangi pogʻonaga koʻtarish – mustaqillikning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232591
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112447
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64909
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36500
“Avesto”

//