Milliy-maʼnaviy tiklanish


Saqlash
19:08 / 04.08.2023 0 1339

Milliy-maʼnaviy tiklanish – muayyan millat hayotida tarixiy taraqqiyotning maʼlum bosqichiga kelib mustaqillikni qoʻlga kiritish asosida maʼnaviyat sohasida boy berilgan imkoniyatlardan qayta foydalanish, maʼnaviy meros, urf-odatlar, anʼanalar, qadriyatlarning tiklanishi, milliy oʻzlikni anglash, oʻtmishda yaratilgan barcha moddiy va maʼnaviy boyliklarni millat rivojlanishiga yoʻnaltirilgan umummilliy harakat, faoliyat va jarayonlarni nazariy va amaliy jihatdan asoslab beradigan konsepsiyani anglatuvchi tushuncha. Bu masalaga alohida eʼtibor berish zarurligini taʼkidlayotganimizga asosiy sabab shuki, davlatimiz rahbarining keyingi asarlarida ham milliy-maʼnaviy tiklanish gʻoyasi ijodiy rivojlantirilgan va uning millatimiz maʼnaviy taraqqiyotiga xizmat qiladigan asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan. Milliy-maʼnaviy tiklanish millatning qaramlik holatiga tushib qolishi oqibatida oʻzining mavjud milliy maʼnaviy salohiyatidan foydalana olmasligi va oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritishi natijasida ulardan foydalanishga qaratilgan faoliyat bilan bogʻliq ehtiyoj sifatida yuzaga keladigan jarayon hisoblanadi.

 

Xuddi ana shu jarayon oʻzbek millati hayotida yuz berdi. Mustaqillikni qoʻlga kiritishimiz sharofati bilan mustabit tuzum davrida toptalib kelingan milliy urf, odat, anʼana, qadriyatlarimiz yana qayta tiklanib, bugungi milliy-­maʼnaviy tiklanishga xizmat qilmoqda. Bu gʻoyaning nazariy va amaliy ahamiyati shundaki birinchidan, bu bilan muallif sobiq shoʻrolar davrida maʼnaviyatni rivojlantirishga uchinchi darajali omil sifatida qaralishining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa sabablarini koʻrsatib bergan. Ikkinchidan, maʼnaviyatni rivojlantirmasdan, shaxsning maʼnaviy ruhiyatini oʻzgartirmasdan turib jamiyatda koʻzlangan maqsadni amalga oshirish mumkin emasligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Milliy-­maʼnaviy tiklanish gʻoyasi maʼnaviyat shaxs barkamolligining eng muhim mezoni va shuning bilan birga uni kamolotga eltuvchi, oʻz-oʻzini anglatuvchi va oʻz imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi ulkan omildir. Milliy-­maʼnaviy tiklanish konsepsiyasida vatanparvarlik shaxs maʼnaviyatining ajralmas qismi ekani asoslangan. Haqiqatan ham, oʻz Vatanini sevmagan, uning taraqqiyoti uchun joy kuydirmaydigan, beparvo va loqayd inson maʼnaviy jihatdan barkamol boʻlishi mumkin emas. Shu oʻrinda “milliy taraqqiyot” va “milliy tiklanish” tushunchalarining mazmun-mohiyati va oʻziga xos jihatlariga eʼtibor qaratish lozim. Aslida ular bir-birini inkor qiluvchi tushunchalar emas. Aksincha, merosi, tarixiy xotirasi va zamini mustahkam millatlar uchun bu tushunchalarning oʻzaro uygʻunligi millat kamolotini taʼminlaydi. Milliy taraqqiyot – evolyutsion xarakterga ega jarayondir.

 

U millatning shakllanishi, takomillashuvi va yuksalishi kabi uzluksiz jarayon sifatida namoyon boʻladi. Milliy tiklanish esa, millat taraqqiyoti tarixining muayyan bosqichida maʼlum obyektiv va subyektiv sabablar tufayli boy berilgan salohiyatni qaytadan millat taraqqiyotiga yoʻnaltirish bilan bogʻliq boʻlgan jarayondir. Mustaqillikni mustahkamlash, maʼnaviy meros va qadriyatlarni chuqur oʻzlashtirish, millatimizning oʻz-oʻzini anglashiga erishish, milliy urf-odatlar va anʼanalarni tiklash va takomillashtirish, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini izchillik bilan mustahkamlash gʻoyalari milliy-­maʼnaviy tiklanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik sharoitida milliy gʻoya va milliy mafkurani shakllantirish hamda uni xalqimiz dunyoqarashiga aylanishiga erishish, milliy gʻoyani aholi ongi va qalbiga singdirish, taʼlim tizimini isloh qilish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish asosida barkamol avlodni tarbiyalash bu jarayonning tarkibiy qismidir. Shu bilan birga, milliy-maʼnaviy salohiyatimizning jahon sivilizatsiyasidagi oʻrnini tiklash va bugungi kunda maʼnaviyat, maʼrifat, fan, texnika, texnologiya yutuqlarini chuqur oʻzlashtirish asosida hozirgi zamon umumjahon maʼnaviyati tizimi rivojiga hissa qoʻshish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, insoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan boy merosidan ijodiy foydalanish ham bugungi milliy­maʼnaviy tiklanishning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Ajdodlarimizdan qolgan meros milliy­maʼnaviy tiklanish va mamlakat istiqboli uchun fidoiylik va ilhom manbai hisoblanadi.

 

Мамлакатимиз бугунги кунда янги демократик жамиятни қуриш сари дадил қадам ташламоқда. Табиийки, бир босқичдан иккинчисига ўтиш, айниқса, зўравонлик асосида қурилган жамиятдан маърифатли, инсон манфаатлари, шахс эркинлиги ва камолотига хизмат қилувчи демократик жамиятга ўтиш осон кечмайди. Балки маълум вақтни, унда яшаётган барча инсонларнинг фидоийлик билан меҳнат қилишини талаб этади. Худди мана шу жараёнда юзага келган муаммоларни ҳал қилиш учун юксак маънавий эътиқод ва сабр-тоқат билан одамларни уюштириш, улар дунёқарашида янги жамият таффаккурини шакллантириш, эртанги кунимиз давомчилари бўлган ёш авлодни вояга етказиш, унинг жисмонан ва маънан бақувват, юксак маънавият, билим ва замонавий тафаккур эгаси бўлишига эришиш муҳим аҳамият касб этади. Жаҳон тажрибадан маълумки, қайси мамлакат ёшлари замонавий фан, техника ва технология ютуқларини қанчалик мукаммал эгалласа, мамлакат тараққиётига қўшадиган ҳиссаси шунчалик самарали бўлади, маънавият юксалади ва мамлакатнинг миллий­-маънавий тикланиши ҳозирги замон жаҳон цивилизацияси тизимига уйғунлашуви тезлашади. Мамлакатимизда ушбу жараённинг самарадорлигини таъминлаш учун ҳар биримизнинг фаол ва фидойи бўлишимиз бугунги тез суръатлар билан ўзгараётган таҳликали дунёда ўзлигимизни англаш, кимлигимизни, қандай буюк аждодларнинг меросига, неча минг йиллик тарих, бетакрор маданият ва қадриятларга эга эканимизни ҳис этиб яшаш, бу бойликларни асраб-авайлаб, демократик қадриятлар, бутун жаҳон тараққиёти ютуқлари билан озиқлантириб, янги ўсиб келаётган авлодга етказишга хизмат қилади.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 152
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 403
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 152
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218773
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104501
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34257
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27333
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26613
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25251
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24919
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21796
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//