Bilasizmi?
Milliy masala – milliy zulm va zoʻravonchilikning tugatilishi, millatlar oʻrtasida teng huquqli munosabatlarning oʻrnatilishi, ularning erkin, har tomonlama rivojlanishi uchun sharoitning yaratilishi bilan bogʻliq muammolar yigʻindisi. Milliy masala millatlarning shakllanishi bilan paydo boʻlgan hamda turli davr va sharoitlar taʼsirida oʻzgarib borgan. Har qanday millat qanchalik kichik boʻlmasin u insoniyatning boyligidir va har qanday etnik birlikning oʻziga xos xususiyatlarining yoʻq boʻlib ketishi yer yuzidagi madaniy va genetik fondga salbiy taʼsir etadi. Shu bois har bir etnik birlikni saqlab qolish unga mansub kishilarning va har bir alohida davlatning eng muhim vazifasidir. Ayni mahalda bir millat oʻz ehtiyoj va manfaatlari boshqa millat va xalqlar vakillarining xuddi shunday intilishlarini kamsitish hisobiga roʻyobga chiqarmasligi lozim. Milliy masala millatlararo tizimda ham, davlat ichidagi milliy munosabatlarda ham namoyon boʻlishi mumkin. Har ikkala koʻrinishda ham ijtimoiy taraqqiyot jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, mafkuraviy va boshqa sohalardagi barcha murakkab masalalarni hal qilish koʻzda tutiladi. Milliy davlatning qaror topishi milliy masalaning hal qilinishi bilan bir qatorda ichki (polietik davlatlarda) va tashqi munosabatlarda yangi vazifalarni keltirib chiqargan.
Oʻrta asrlarda va yangi davrda milliy masala millatlarni milliy zulmdan qutqarish masalasi bilan bogʻliq boʻlgan boʻlsa, keyinroq milliy mustaqillikka erishish muammosiga aylandi. Maʼlumki, XX-asr boshlarida butun dunyo Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Portugaliya, Rossiya va boshqa yirik kolonial davlatlar oʻrtasida boʻlib olingan edi. Mustamlakachilik tizimining yemirilishi bilan milliy masalaning mazmuni muayyan darajada oʻzgardi, millatlar oʻrtasida teng huquqli munosabatlar oʻrnatish uchun siyosiy asos yaratildi. Milliy masalaning mazmun-mohiyatini toʻliq tushunish millatning mohiyatini tushunishni taqozo qiladi. Millat maʼlum ruhiy birlikka ega, oʻz oʻzini anglagan guruhning tarixan shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy birligi boʻlib, dunyoni oʻziga xos qabul qilish asosida milliy qadriyatlar yaratgan, ularni oʻziga xos shaklda ifodalangan. Bu milliy qadriyatlar ijtimoiy hayotning serqirraligini, sermazmunligini aks ettirib, insoniyatning boyligi sifatida rivojlanib borishi kerak. Bu jarayonga toʻsiq boʻluvchi barcha narsa milliy masala vujudga keltiradi.
Milliy masala hal qilish borasidagi urinishlarning bir qancha yoʻllari insoniyat tajribasida sinab koʻrilgan. Masalan, XVI–XIX asrlarda kolonializmga qarshi milliy-ozodlik harakati avj olgan davrda milliylik tamoyili masalani hal qilishning asosi deb hisoblangan. Bu yondashuv har qanday sharoitda har bir millat oʻz mustaqil davlatiga ega boʻlishi bilan milliy masala hal boʻladi degan qarashga tayangan. Milliylik tamoyili tarqoqlik va milliy zulmga qarshi kurashda ijobiy rol oʻynadi. Keyinchalik milliy masala xalqaro masalaga aylandi. Millatlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqi milliy masalani hal qilishning umumeʼtirof etilgan tamoyili deya eʼtirof etildi. Bu boshqa millatlar bilan munosabat shaklining tanlanishini (yagona davlat tarkibiga ixtiyoriy qoʻshilish, avtonomiya, federatsiya va suveren davlat tashkil qilish), shuningdek siyosiy tuzum, boshqarish shakllari bilan bogʻliq barcha masalalarni mustaqil tarzda hal qilishni anglatadi. Oʻzbekiston 1991-yil mustaqillikka erishdi. Unga totalitar tuzumdan milliy masalada ham ogʻir meros qoldi. Koʻp millatli Oʻzbekistonning ichki hayotida ham maʼnaviyat va boshqa muammolar bilan bogʻliq hal qilinishi zarur milliy masala yigʻilib qolgan edi. Oʻzbekiston davlati bu masalani jahon tan olgan demokratiya tamoyillarining ustuvorligiga tayangan holda hal etmoqda va bu tamoyillarga ogʻishmay amal qilib kelmoqda. Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik, millatlararo totuvlik va hamjihatlik hukm surayotgani shundan dalolatdir.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q