Milliy-madaniy markazlar


Saqlash
21:08 / 02.08.2023 0 8079

Milliy-madaniy markazlar – Oʻzbekistonda yashovchi muayyan bir millat vakillarining milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi jamoat tashkilotlari. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarini respublika ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida faol ishtirok etishini taʼminlash milliy-madaniy markazlar faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biridir. Konstitutsiyamizda “Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalarini hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”, deb taʼkidlangan. Bu borada hayotimizda koʻplab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun 130 dan ortiq markazlar mavjud boʻlib turibdi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning oʻz ona tilida oʻqishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, maktablar va oliy oʻquv yurtlari bunga amal qilayotgani, koʻplab tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani ham bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir. Milliy-madaniy markazlar turli jamiyat, xalq, millatlar oʻrtasida har tomonlama hamkorlik maʼnaviyatini shakllantirish, xalqlarning oʻzaro ishonch va hurmatini oshirish maqsadlariga xizmat qiladi. Shu jihatdan ular tomonidan olib boriladigan ishlar koʻproq madaniy va maʼnaviy yoʻnalishda boʻlib, bu jahon xalqlari, turli madaniyatlar integratsiyasida muhim omillardan biri boʻlib hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232597
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112450
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64911
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37991
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36500
“Avesto”

//