Milliy davlatchilik


Saqlash
22:08 / 01.08.2023 0 2101

Milliy davlatchilik – muayyan millatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy qadriyatlariga, manfaatlariga asoslangan, jamiyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti natijasida shakllangan davlatning shakli. Biror hududda mutlaq koʻpchilikni tashkil qilgan milliy etnik guruhlar ijtimoiy hayotni tashkil qilish uchun birlashib, oʻzlarining manfaatlarini himoya qiluvchi davlatni vujudga keltiradi. Milliy davlat uni tashkil qilgan millatning dunyoqarashiga, anʼanalariga, ruhtiyatiga mos keladi. Davlatchilik tarixan tarkib topgan hodisa boʻlib, xalqning ijtimoiy hayoti, taqdiri bilan uzviy bogʻliq holda shakllanadi va rivojlanadi. Tarixiy tajriba shuni koʻrsatadiki, davlatchiligidan marhum boʻlgan millat rivojida milliy yemirilish, parokandalik jarayonlari avj oladi. U oʻzining milliy davlatini tiklashga erishsagina ijtimoiy va milliy taraqqiyotning istiqbolini aniq belgilash imkoniga ega boʻladi. Millat oʻz qadriyatlarini saqlab qolishni xohlar ekan, milliy davlatchilik uchun kurashadi. Chor Rossiyasining bosqinchilik siyosati natijasida Markaziy Osiyo xalqlari milliy davlatlaridan mahrum boʻldilar. Ularning milliy manfaatlariga zid boʻlgan bosqinchi davlat mintaqa xalqlarining milliy davlatchilik anaʼnalarini oyoqosti qilgani, shoʻro davrida esa millatlarni aralashtirib yoʻq qilib yuborish siyosati yuritilgani oqibatida mahalliy xalqlar oʻzlarining milliy qadriyatlaridan uzoqlashdi, begonalashdi. Oʻzbekiston xalqi mustaqillik sharofati bilan milliy davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Bu millatimiz taqdirida hal qiluvchi tarixiy hodisa boʻldi. Ming yillar davomida shakllangan, xalqimiz mentalitetiga mos boʻlgan milliy davlatchilik anʼanalariga asoslanib, mustaqil milliy davlat poydevori barpo etildi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida davlatimiz bosh islohotchi sifatida oldimizda turgan buyuk maqsadlarga erishish yoʻlida yetakchilik qilib kelmoqda. Bu bir tomondan milliy davlatchilik anʼanalarimizning takomillashuviga, ikkinchi tomondan, yurtimizda ozod va obod Vatan hamda farovon hayot barpo etishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 14
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 365
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 601
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 552
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 886
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233941
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113295
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67691
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56556
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50970
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39428
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38749
“Avesto”

//