Milliy boylik


Saqlash
21:08 / 01.08.2023 0 4159

Milliy boylik – mavjud yoki muayyan davr mobaynida mamlakatda toʻplangan yoxud yaratilgan moddiy, madaniy-maʼnaviy meros, neʼmatlar va tabiiy boyliklarning majmuasini ifodalovchi tushuncha. Milliy boylik bulardan tashqari toʻplangan bilimlar, kasbiy malaka va tajribani qamrab oladi. Milliy boylik bu ayrim millat yoki ellat boyligi emas, balki muayyan mamlakatning umumiy boyligidir. U oʻzining shakliga koʻra mehnat orqali yaratilgan boylik va tabiat inʼom etgan boylikdan iborat. Mehnat orqali yaratilgan boylik deganda ishlab chiqarish jarayonida uzluksiz jamgʻarilib kelingan xom ashyo, yoqilgʻi, mavjud mashina-uskuna, bino-inshootlar, aholiga uzoq muddat xizmat qiladigan buyumlar nazarda tutiladi. Milliy boylik moddiy koʻrinishga ega boʻlsa-da, u moddiy va nomoddiy sohada foydalaniladi. Moddiy sohadagi boylik kapital shakliga ega boʻlib, mahsulot ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Ishlab chiqarish binolari, inshootlari, mashina va mexanizmlar, transport vositalari, yoʻllar, kanallar, suv omborlari shular jumlasidandir. Nomoddiy yoki maʼnaviy sohadagi boylikka ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi taʼlim, madaniyat, sanʼat, sogʻliqni saqlash, qadriyatlar, urf-odatlar va boshqa shu kabilar kiradi. Milliy boylikning alohida turi bu – intellektual boylik boʻlib, ular adabiyot va sanʼat asarlari, madaniy anʼanalar vositasida toʻplangan bilimlardan iborat. Boylik avval yaratiladi, soʻngra ishlatiladi va nihoyat ishlab chiqarish hisobidan toʻldirilib boriladi. Maʼlumki, yaratilgan mahsulotning bir qismi joriy isteʼmol natijasida yoʻq boʻlib ketsa, boshqa qismi jamgʻariladi. Jamgʻarilgan mahsulotlar, birinchidan, ishlatilgan boylikning oʻrnini toʻldirsa, ikkinchidan, uning miqdoran oʻsib borishini taʼminlaydi. Demak, milliy boylikning aylanib turishi uning sarflanishi, tiklanishi va oʻsishidan iborat. Milliy boylik harakati esa yillar, hatto asrlar osha davom etadi. Tabiiy boyliklarning bir qismi (masalan, tuproq hosildorligi, suv, oʻrmon boyligi va hokazo) inson ishtirokida tiklanib turadi, boshqa qismi esa (masalan, neft, gaz, koʻmir, ruda zaxirasi va hokazo) tiklanmaydi, ular ishlatilib boʻlgach yoʻq boʻlib ketadi yoki boshqacha boylik shakliga kiradi (masalan, ruda tugagach, u temirtersak shakliga kiradi va qaytadan ishlatiladi).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 5
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 138
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 112
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 566
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225795
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108286
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55944
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41315
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40625
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31910
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30997
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30670
Alpomish

//