Bilasizmi?
Milliy biqiqlik, milliy mahdudlik – oʻz millatini oʻzga millatlardan uzoqlashtirish, uning oʻziga xosligini himoya etishni tor tushunib, milliy xudbinlikni joriy qilish, oʻz millatining oʻzga millatlar bilan erkin aloqada boʻlishiga putur yetkazish. Milliy anʼanalar hozirgi zamondagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy-maʼnaviy aloqalarning mohiyatini tushunmaslik va uni yuzaki talqin etish mahsulidir. Hozirgi zamon taraqqiyoti shundayki, millatlar, mintaqalar, qitʼalar, mamlakatlar va xalqlar oʻzaro munosabatlarga kirishib, har tomonlama yaqinlashmasdan rivojlana olmaydi. Ana shunday yaqinlashish va boshqa mamlakatlar hamda xalqlarning eng yaxshi yutuqlarini oʻzlashtirish har bir millat gullab-yashnashining zaruriy shartidir. Barcha rivojlangan davlatlar va millatlar shu yoʻldan bormoqdalar. Ammo bunday oʻzlashtirib olish ijodiy ravishda amalga oshirilmogʻi va oʻzlashtirayotgan millatning oʻziga xosligi, uning tili, madaniyati va anʼanalariga putur yetkazmasligi kerak. Shuningdek, milliy biqiqlik millatlarning oʻzaro tengligini, milliy madaniyatlarning bir-birini toʻldirib kelishini inkor etib, oʻz millatini boshqa millatlardan ustun koʻrib, boshqa millatlarning haqhuquqlarini, madaniyati va maʼnaviyatini oʻzlashtirish hisobiga oʻzining millatiga ulkan imtiyozlar yaratishga intilish, uning manfaatlarini boshqa millatlar manfaatlaridan afzal koʻrish, oʻz millatiga sajda qilib, unga hamdu sanolar oʻqish, koʻklarga koʻtarib, unga xolisona baho berolmaslik, mavjud kamchiliklar va nuqsonlarini sezmaslik va koʻrmaslikdir. Milliy biqiqlik ham millatparastlik singari millatning oʻsishi, gullab-yashnashi uchun eng koʻp qiyinchiliklar tugʻdiruvchi, uning rivojiga toʻsiq boʻluvchi omillardan biridir. Milliy biqiqlik ruhi bilan sugʻorilgan kishi goʻyoki oʻzicha oʻz millatiga jon-jaxdi bilan xizmat qilayotgandek koʻrinadi, lekin u millat tanazzuli uchun xizmat qilayotganligini oʻzi ham gohida sezmaydi. Chunki, u oʻzining qarama-qarshi fikrlari hamda nojoiz xatti-harakatlari bilan oʻz millatini boshqa millatlardan, jahon hamjamiyatidan uzoqlashtiradi, millatning rivojini sustlashtiradi.
Hozirgi zamon fani, texnika va texnologiyasi shunday surʼatlar bilan rivojlanmoqdaki, bunday sharoitda oʻz millati uchun samarali xizmat qilmoq uchun milliy biqiqlik qobigʻidan chiqib, barcha millatlar bilan yaqindan munosabatda boʻlish, ulardagi fan-texnika, ijtimoiy hayotni tashkil qilishning samarali yangiliklarini qabul qilib olish zarur. Oʻz millati uchun jon kuydiruvchi kishi millatining yutuq va tarixiy xizmatlaridan faxrlanadi, ammo har qadamda unga tanqidiy koʻz bilan boqib, dogʻlarni tozalashga, nuqsonlarni bartaraf qilishga intiladi, bu jarayonda faol qatnashib, shu orqali oʻz millatining rivojlanishini tezlashtiradi. Milliy biqiqlikka intilish oʻtgan asrlarda jahonning mustamlakalar va metropoliyalar, qoloq oʻlkalar va ilgʻor davlatlar, ozod xalqlar va mustabidlik iskanjasidagi xalqlarga boʻlinib ketishi sharoitida gʻoya va amaliyot sifatida rivojlanib, umumijtimoiy taraqqiyotning regressiv holatini taʼminladi. Milliy biqiqlik illatiga duchor boʻlganlar demokratik, maʼrifatparvar hamda insonparvar kuchlardan farqli oʻlaroq, oʻz millatining manfaatlarini boshqa millatlar haq-huquqlaridan yuqori qoʻyib hal etishga intiluvchilardir. Istibdod davrida hukmron boʻlgan mafkura milliy biqiqlik hamda millatchilikka qarshi kurash niqobi ostida gegemonlikka daʼvo qiluvchi millat vakillarining ayrimlarida milliy biqiqlik xususiyatlarini rivojlantirdi, ushbu jihat ijtimoiy-madaniy hayotimizga yot boʻlgan maʼnaviy-madaniy taʼsirlar xurujini kuchaytirdi. Ushbu jihatlarni milliy til va madaniyatimizning kamsitilganini, urf-odat va anʼanalar eskilik sarqiti sifatida chetga surib qoʻyilgani, dinga afyun sifatida qaralib, jamiyat aʼzolari qalbidan yulib tashlash uchun qilingan harakatlarda namoyon boʻldi. Milliy biqiqlikka intilish jamiyatda oʻz millati hamda uning imkoniyatlarini yuqori qoʻyish oʻtish davri qarama-qarshiliklari sharoitida koʻzga tashlanadi. Umummilliy taraqqiyotdagi ushbu masʼuliyatli pallada oʻzaro tinchlik, totuvlik, milliy va diniy bagʻrikenglikni targʻib etish koʻzlangan maqsadga yetish yoʻlidagi eng samarali usuldir. Mustaqil Oʻzbekistonning gullab-yashnashini istaydigan har bir fuqaro mamlakatimizning barcha rivojlangan davlatlar bilan munosabatlarining har tomonlama kengayishi va chuqurlashishi yurtimizda millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmogʻi lozim. Millatlarning oʻzaro hamjihat faoliyati kengayib borayotgani, millatparvarlik gʻoyalari oʻz oʻrnini topayotgani jamiyatimizda ijtimoiy hamkorlik yanada kuchayib borayotganini anglatadi.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q