Millatning qadr-­qimmati. Millatparvarlik


Saqlash
21:07 / 31.07.2023 0 960

Millatning qadr-­qimmati – muayyan hududda istiqomat qiladigan etnoijtimoiy birlikning tarixi, qadriyatlari, anʼanalari, madaniyati, maʼnaviyati, yashash tarzi, rasm-rusumlari, urf-odatlari, diniy eʼtiqodlarini oʻz ichiga oluvchi tushuncha. Millat yoki mamlakat aholisining ijtimoiy ahvolini aks ettirar ekan, u milliy taraqqiyot kuchlarini harakatga undovchi muhim omil hisoblanadi. Millatning qadr­-qimmati insonning oʻz millatiga boʻlgan munosabatini ham anglatadi. Shuningdek, millatning qadr­-qimmatini qanday tushunish, unga qanday munosabatda boʻlish har bir insonning maʼnaviyati darajasiga bogʻliq. Millatning qadr­-qimmati, milliy ehtiyojlarni qondirishda, butun dunyodagi millatlar taraqqiyoti yoʻlidagi bevosita aloqalarni mustahkamlashga ham yordam beradi. Millatning qadr­qimmatini oʻrganish, unga munosabat nihoyatda ehtiyotkorlik hamda jiddiy yondashuvni talab qiladi. Millatning qadr­-qimmati, yaʼni millat tarixi, urf-odati, anʼanalari, maʼnaviyati va madaniyatining buzib koʻrsatilishi jiddiy xatolarga olib kelishi, mudhish ixtiloflarning kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Mustaqillik milliy qadr-qimmatni oshirib, maʼnaviyatini yuksalishiga, ajdodlar xotirasi oldidagi masʼuliyatni chuqur his etishga xizmat qiladi. Millatning qadr­qimmati millat tarixining azaliy hamrohi, oʻtmishdan hozirga qadar oʻz ahamiyatini saqlab kelayotgan jamiyat hayotining asosi hisoblanadi.

 

Millatparvarlik – insonning hayoti va faoliyati davomida oʻz millatining oʻziga xos jihatlariga hurmat va sadoqat ruhida qarashi, milliy mentalitet, urf-odat, tafakkur tarzini chuqur his etgan holda millatning har tomonlama taraqqiy topishiga xizmat qilishi va u bilan bogʻliq dunyoqarashning namoyon boʻlishini ifodalovchi tushuncha. Millatparvarlik, maʼlum maʼnoda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish, keng maʼnoda, Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning boʻlishi, uning rosmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas. Biroq millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib yubormaslik lozim. Millatchilik oʻz millatini ajratib olib, unga “buyuk”lik maqomini berishga intilish boʻlsa, millatparvarlik boshqalarni kamsitmagan holda oʻz millati ravnaqi uchun kurashish, bu yoʻlda, lozim boʻlsa, oʻz hayotini ham fido qilish demakdir. Chunki oʻz millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi. Asl millatparvarlik – milliy oʻzligini anglab yetgan insondir, u oʻz millati bilan faxrlanadi, u bilan butun jahonda faxrlanishni istaydi. Millatparvarlik tamoyili asosida milliy gʻoya yotadi, u millatni sevish amaliyotining ilmiy-nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Millatparvarlik insoniyat taraqqiyotida millatlarning oʻrni va ahamiyatini toʻgʻri tushunish, Yer yuzining har bir burchagida mavjud millatlarni tili, turmush tarzi, irqi, tashqi qiyofasi, urf-odatlari, dini, madaniyatining oʻziga xos tomonlaridan qatʼi nazar, hurmat qilish, ularning ozodligi, tengligi, gullab-yashnashi uchun shart-sharoitlar yaratib berish tarafdori boʻlishdir. Millatparvarlik har bir kishidan millatlar va milliy munosabatlar sohasida chuqur bilimli boʻlishni, ular insoniyat tarixida, uning moddiy va maʼnaviy madaniyatining shakllanishida, hozirgi zamon sivilizatsiyasining rivojlanishida jiddiy mavqega ega ekanligini bilishni taqozo etadi. Millatparvarlik barcha millatlarga barobar hurmat bilan qarash demakdir. Oʻz millatini boshqalardan afzal koʻrib, unga imtiyozlar berishni talab qilish yoki aksincha, oʻzinikini ulugʻlab, oʻzganing tili va madaniyatiga befarq qarash millatparvarlik qoidalariga ziddir. Shu bilan birga, millatparvarlik barcha millatlarni, ularning farq va tafovutlarini hisobga olmay turib tenglashtirishni inkor etadi.

 

Har bir millatga boʻlgan munosabat ularning istiqomat qilib turgan muayyan sharoitlari, tarixi va shu asosda boshqa millatlar bilan oʻzaro munosabatlariga bogʻliq. Millatlar ham insonlardek xilma-xil va turli-tuman boʻlganligi bois, har bir millatga nisbatan munosabatlarda nihoyatda ehtiyotkorlik, muomala madaniyati va eʼtibor talab qilinadi. Har bir insonning millatparvarligi, avvalambor, uning oʻz millatiga, tiliga, madaniyatiga, anʼanalari, urf-odatlari va rasm-rusumlariga boʻlgan munosabatida namoyon boʻladi. Lekin, millatparvar bu doirada cheklanib qolmaydi, boshqa millatlarni oʻz millati bilan teng koʻradi. Mustaqil Oʻzbekistonning yuksalishi har bir insonning millatparvarlik tamoyiliga sodiq boʻlishiga ham bogʻliq. Chunki, davlatimizning kelajagi, birinchi navbatda, xalqimizning uyushqoqligi, gʻururi, tadbirkorligi hamda hududimizda istiqomat qilib turgan har bir kishining millati, dini, tili va eʼtiqodidan qatʼi nazar, umummilliy gʻoya atrofida jipslashuviga bogʻliqdir. Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari ana shunday yoʻldan bormoqdalar. Shu maʼnoda, mustaqillik yillarida millatlararo hamkorlikning mustahkamlanib borishi mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish bilan bir qatorda millatparvarlik tuygʻusini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 152
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 403
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 152
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 957
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218773
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104501
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34258
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27333
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26613
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25253
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24920
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21800
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//