Millatlararo muloqot madaniyati


Saqlash
21:07 / 31.07.2023 0 4826

Millatlararo muloqot madaniyati – shaxsning boshqa xalqlarga ularning vakillari bilan bilvosita yoki bevosita muloqot tarzida namoyon boʻladigan odob-axloq majmui. Millatlararo muloqot madaniyati insonning umumiy madaniyatining tarkibiy qismidir. Millatlararo muloqot madaniyati millatlararo munosabat jarayonida namoyon boʻladi. Bu jarayonda oʻz millatining vakili sifatida u muayyan ijtimoiy vazifani bajaradi. Natijada shaxs ijtimoiylashuv jarayonida oʻz xalqi uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida toʻplagan maʼnaviy qadriyatlar, odob-axloq, muomala madaniyati, mezonlarini oʻzlashtiradi. Ikki millat ikki madaniyat, ikki tilga mansub kishilar oʻrtasidagi muloqotda ana shu farqlar namoyon boʻladi. Bu – obyektiv holat. Agarda suhbatdoshlar bir-biriga yaqin, faol bordi-keldi qilib kelayotgan xalqlar vakillaridan iborat (masalan, oʻzbek, tojik, qozoq, qirgʻiz, turkman va hokazo) boʻlsa, farq asosan tilda namoyon boʻladi. Bir-biridan jugʻrofiy jihatdan uzoq masofada yashayotgan millatlar vakillari oʻrtasidagi muloqotda bir-birini anglash murakkabroq kechadi. Ular nafaqat bir-birining tiliga tushunmaydi, balki imo-ishoralarning oʻziga xosligi tufayli bir-birining xatti-harakatlarini ham toʻgʻri talqin eta olmaydi. Bu esa baʼzan nooʻrin kuduratlarga, tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, Lotin amerikaliklar va Yevropa xalqlari vakillari muloqot paytida suhbatdoshining koʻzlariga tik qarab turadi, Osiyoda esa suhbatdoshning koʻziga tik qarab turish beadablik hisoblanadi. Shu bois turli millatlarga xos mansub kishilarning bir-birining urf-odat, anʼana va qadriyatlarini bilishi, ularga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom millatlararo muloqot madaniyatining rivoji va takomillashuvida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 14
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 365
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 601
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 552
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 886
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233941
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113295
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67691
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56556
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50970
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39428
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38749
“Avesto”

//