Mehribonlik


Saqlash
20:07 / 31.07.2023 0 3341

Mehribonlik – kishilarning oʻzaro munosabatlarida mehr-oqibat koʻrsatish, bir-biriga qayishish, yordamlashish, xushfeʼllik, yordamga muhtoj boʻlgan odamlarga koʻmak koʻrsatish bilan bogʻliq ezgu xatti-harakatlarni qamrab oladigan fazilat. Maʼno-mazmuniga koʻra, mehribonlik – shafqat, ezgulik, olijanoblik, saxovat, insoniylik kabi his-tuygʻularga yaqin turadi. Mehribonlik – xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ezgu fazilatlardan biri. Chunki oʻzbek xalqi azaldan mehribon, bolajon, hech kimdan yordamini, koʻmak-daldasini ayamaydigan xalq sifatida tanilgan. Xalqimiz orasida mehr-oqibatlilik, bir-biriga dalda boʻlish, ogʻir damlarda muhtoj kishilarga yordam qoʻlini choʻzish, hatto yetti yot begonadan ham mehr-shafqatni darigʻ tutmaslik kabi xislatlar nihoyatda ulugʻlanib, mentalitetimizda bosh fazilatlardan hisoblanadi. Mustaqillik davriga kelib, mehribonlik fazilatining oʻzbek xalqi timsolida obroʻyi yanada oshdi, qadr-qimmati teranlashdi, yangi-yangi jihatlari kashf etila boshladi. Chunonchi, bayram kunlarida koʻpchilik boʻlib qariyalar, beva-bechoralar, yetim-yesirlar, yordamga muhtoj kishilar holidan xabar olish, kam taʼminlangan oilalar farzandlarining toʻylarini oʻtkazib berish, maktab-internatlarda yetim bolalarning xatna marosimlarini oʻtkazish, yolgʻiz qolgan va koʻmakka muhtoj kishilarga bayram munosabati bilan sovgʻa-salom ulashish kabi olijanob xatti-harakatlar xalqimizning oqkoʻngil, saxovatpesha, mard, insoniy tuygʻularga boy xalq ekanidan darak beradi.

 

Mustaqillik yillarida qariyalar uyi qayta nomlanib, “Mehribonlik uyi” deb atalayotgani ham, bu yerda yashaydigan soʻqqabosh, yolgʻiz kishilarga mehr-shafqat koʻrsatilayotgani ham, bu muassasalarning ish faoliyatida xalqimiz koʻnglidagi mehribonlik, shirinsoʻzlik, xushfeʼllik kabi fazilatlar tobora chuqur oʻrin egallayotgani ham diqqatga sazovordir. Chunki, oʻzbeklar ming yillar mobaynida islom dini anʼanalari ruhida tarbiya topib kelayotgan xalq. Oʻzbek xalqi oʻzining uzoq yillik tarixida baxtli-saodatli, shod-xurram chogʻlarni ham, tashvishli-tahlikali yillarni ham, mustamlaka davrining azob-uqubatlari-yu, tabiiy ofatlar keltirgan kulfatlarni ham koʻp koʻrdi. Shuning uchun xalqimiz mehr-oqibat, mehribonlik nima ekanini juda yaxshi biladi, bu kabi oliy insoniy tuygʻularni eʼzozlab-ardoqlaydi, qoʻlidan kelgan yordamini boshqalardan aslo ayamaydi. Oʻzbek xalqining bu kabi oliy fazilatlari boshqa mamlakatlarda turli tabiiy ofatlar roʻy berganida, birinchilar qatorida yetib borganida koʻrsatgan begʻaraz va insonparvarlik yordami, mehribonlik saʼy-harakatlari oʻzbek xalqining milliy xususiyatiga aylanib ketgani – xalqimizning xalqaro obroʻ-eʼtibori oshishida ham muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 391
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 346
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 679
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 406
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 590
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233297
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112957
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66297
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55644
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50001
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39236
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38519
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37517
“Avesto”

//