Mehr


Saqlash
22:07 / 28.07.2023 0 9388

Mehr insonga xos barqaror tuyg‘u bo‘lib, shaxsning kelajak avlodlar baxt-saodati yo‘lidagi beg‘araz faol xatti-harakati hisoblanadi. Mehr o‘z mohiyatiga ko‘ra, axloqiy tushuncha bo‘lib, muhabbatga nisbatan jamoaviy birlikni ta’minlashdagi o‘zaro aloqalarning murakkab qismini anglatadi. Chunki, mehr shaxsning o‘zgalarga beg‘araz yordamini, o‘zgalar g‘am-tashvishiga hamdardligini anglatadi. Mehr ijtimoiy birdamlik ifodasi sifatida kishilik jamiyati uchun juda zarurdir. Azaldan odamlar ikki toifa “qon-qarindosh” va “begona”ga bo‘linib yashab keladi. Bunda mehr ba’zan ma’naviy mezon bo‘ladi. Mehr ijtimoiy yaqinlikning muhim axloqiy jihatidir. Jamiyat taraqqiyotida qon-qarindoshlik bir oila, mahalla, qishloq, tuman, viloyat va millat doirasida namoyon bo‘ladi. Markaziy Osiyo xalqlari turmush tarzida dehqonchilik tabiat bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, jamoaviy mehnatni taqozo etgan. Bu hol odamlar orasida o‘zaro ichki qalb birligi tuyg‘usini o‘stirgan. Shu boisdan mehr-oqibat ikki jihatni, ya’ni shaxsning o‘z qavmi a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatish bilan birga, ularning ma’naviy g‘am-tashvishlariga hamdardlik qilishga tayyor turish fazilatini mujassam etgan. Diniy ta’limotlarda mehr g‘oyasi asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. Mehr turli madaniyat va dinlarga ega bo‘lgan millatni bir-biriga yaqinlashtiradi, milliy manfaatlarni himoya qilishda yanada mustahkamlanadi. Uning ijtimoiy ildizi oila bo‘lib, mehr ota-ona va farzandlarning ma’naviy aloqalarida mujassamlashadi. Farzandlar fe’l-atvori, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232597
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112450
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64911
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37991
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36500
“Avesto”

//