Mehnatsevarlik


Saqlash
21:07 / 28.07.2023 0 12990

Mehnatsevarlik – ma’naviy fazilat sifatida shaxsning ishchanligi, mehnatni, ishni hush ko‘rishi va umuman, insonning mehnatga munosabatini ifodalovchi tushuncha. Uning natijalari erishilgan yutuq, qo‘lga kiritilgan hosil yoki mahsulotning miqdori va sifati bilan o‘lchanadi. Mehnatsevarlikning ziddi yalqovlik, dangasalik, tanballik, boqimanadalikdir. Har qanday jamiyatda yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga harakat qilinadi. Chunki mehnat qilmaydigan odam boshqalar hisobiga kun kechiradi, u oila, jamoa va jamiyat taraqqiyotiga halaqit beradi. Mehnatsevarlik mehnatning har qanday turiga nisbatan namoyon bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim kishilar aqliy mehnatni yoqtirmasligi, jismoniy mehnat bilan esa jon-dili bilan shug‘ullanishi, boshqalar esa jismoniy mehnatni yoqtirmasligi mumkin. Mehnatsevarlikning shakllanishi faqat shaxsning ichki sifatlariga emas, jamiyatda mavjud ijtimoiy munosabatlar, mehnat va mahsulot taqsimoti tamoyillariga ham bog‘liq. Masalan, shaxs o‘z yerida unumli va chin ko‘ngildan mehnat qilishi, boshqalarning yerida esa majburan, nomigagina mehnat qilishi mumkin. Mehnat natijalaridan bahramand bo‘lish imkoniyati mehnatsevarlikning kengroq va chuqurroq yoyilishiga xizmat qiladi. Mehnat natijalaridan bahramand bo‘lish imkoniyati pasayib ketsa, Mehnatsevarlik miqyosi va darajasi ham kamayadi. Mehnatsevarlikning qay darajada yoyilishi, uning ijtimoiy qadriyatga aylanishi ko‘p jihatdan mehnatning xususiyatlariga bog‘liq. Mustamlaka mamlakatlarda mehnat ko‘pincha majburiy bo‘lgan. Uning mevalaridan asosan mustabid davlat ko‘proq bahramand bo‘lgan. Bunday muhitda mehnatsevarlikning keng yoyilishi mantiqqa zid bo‘ladi. Bunday sharoitda mehnat ixtiyoriy va yaxshi kayfiyat bilan bajarilgan faoliyat turi emas, majburan bajarilgan ko‘ngilsiz faoliyatga aylanadi.

 

Mehnatsevarlikning jamiyatda yoyilish miqyosi ijtimoiy taraqqiyotga bevosita ta’sir o‘tkazadi, boqimandalikning avj olishi esa mamlakatni inqirozga olib keladi. Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida dehqonchilikni tavsiflar ekan, mehnatning ijtimoiy hayotdagi rolini shunday ta’riflaydi: “Olamning obodligi dehqonlardan, mehnat ahli shodonligi ulardan. Dehqon har qanday ekin ekishga qilsa harakat – elga ham oziq-ovqat yetkazur, ham barokat”. Mehnatsevarlik shaxs va jamiyat ma’naviyat tarkibidagi muhim sifatlardan biri hisoblanadi. Ma’naviyatning shakllanishi va rivoji ham ko‘p jihatdan mehnatsevarlikning mavjudligiga bog‘liq. Mehnatsevarlik bo‘lmaganda ma’naviyat ham bo‘lmas edi. Mehnatsevarlikning bir qator xususiyatlari faqat erkin, ijtimoiy mehnat jarayonida shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Ular jumlasiga shijoat, g‘ayrat kabilarni kiritish mumkin. Mehnatsevarlik shunchaki ishda emas, shijoat va g‘ayrat bilan qilinayotgan mehnat jarayonida yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bunday mehnat jamiyat a’zolarida mehnatsevarlikni shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 353
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 315
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 652
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 380
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 568
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233195
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112888
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65859
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55526
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49875
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39189
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38403
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37342
“Avesto”

//